Guljanoy Naimova Paralimpiya oʻyinlarining ikki karra sovrindori boʻldi
Naimova final jangida raqibning qoidadan tashqari zarbasidan keyin ahvoli yomonlashgan. Uni shifokorlar darhol koʻrikdan oʻtkazib, birinchi yordam koʻrsatgan. Sportchi finalda yutqazib qoʻygani uchun murabbiyidan va xalqdan uzr soʻragan.
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para taekvondo sport turi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Mahoratli para taekvondochi Guljanoy Naimova Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medalini qoʻlga kiritdi.
K44 klassida +65 kg vazn toifasida qatnashgan Guljanoy chempionlik jangida britaniyalik Emi Tryusdeylga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Qayd etish kerak, bu Guljanoy uchun Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medal boʻldi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u oltin medalga ega chiqqan edi.