/
/
Hafta davomida yogʻingarchilik kuzatiladi
26.08.2024

Hafta davomida yogʻingarchilik kuzatiladi

Hafta oʻrtasida respublika hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat foni 2-3 darajaga pasayadi.

Hafta davomida yogʻingarchilik kuzatiladi

26-27 avgust kunlari Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda 36-38 daraja gacha boʻladi.

Hafta oʻrtasida respublika hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat foni 2-3 darajaga pasayadi. Chorshanba va payshanba kunlari havo harorati kunduz kunlari 27-30 daraja atrofida, janubda 35 darajagacha boʻladi. Kechasi va erta tongda harorat 17-20 daraja gacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kunidan boshlab harorat asta-sekin koʻtariladi, haroratning ushbu koʻtarilishi dam olish kunlarida ham davom etadi. Kunduz kungi harorat yana 30-35 darajagacha koʻtariladi.

28-avgust, chorshanba kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida jadalligi asosan biroz boʻlgan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 28-29-avgust kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Sharqiy yoʻnalishdagi shamol, gʻarbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, 28-avgustda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.