Hamster Kombat foydalanuvchilari listingdan soʻng qancha pul oladi?
HMSTR tokeni 26-sentyabr kuni kriptobirjaga chiqadi. Shu orqali oʻyinchilar toʻplagan tangalarini haqiqiy pulga almashtirishi mumkin. Xoʻsh, bu kutilganidek aqlbovar qilmas miqdordagi summa boʻladimi yoki yoʻq? Ushbu maqolada shu haqda fikr yuritiladi.
Yaqinda Hamster Kombat mualliflari uzoq kutilgan listing va airdropni eʼlon qildi. Loyihaning kriptobirjalarga chiqishi va oʻyinchilarga HMSTR tokenlarini tarqatish 26-sentyabrga belgilangan. Xoʻsh, Telegramʼdagi eng mashhur oʻyin foydalanuvchilari qancha pul olishi mumkin? Keling, buni koʻrib chiqamiz.
Hamster Kombat oʻyinini qancha odam oʻynayapti?
Hamster Kombat loyihasi oʻz mashhurligining choʻqqisida 200-250 million faol foydalanuvchiga ega edi. Ammo vaqt oʻtishi bilan vaziyat oʻzgardi: oʻyinchilar loyihaning yangi mexanikalaridan norozi boʻlib, uni tark eta boshladi.
Bu raqamlar kutilayotgan airdropdan olinishi mumkin boʻlgan daromadlar haqida tasavvur berishi mumkin.Telegramʼda faol foydalanuvchi deb botni kamida 30 kunda bir marta ishga tushirgan odam hisoblanadi. Bunday foydalanuvchilar soni oyiga 80-86 milliongacha kamaygan. Shu bilan birga, ogʻmaxonni haqiqatan ham faol oʻynaydigan odamlar soni ancha kam boʻlishi mumkin.
Qancha pul kutish mumkin?
Oldingi token tarqatishlar tahlillariga koʻra, shu jumladan, yaqinda boʻlib oʻtgan DOGS listingini hisobga olgan holda, oʻrtacha Hamster Kombat foydalanuvchisi atigi 10 dollar olishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Albatta, koʻproq pul topadiganlar ham boʻladi, lekin ular ozchilikni tashkil etadi va ularning koʻpchiligi blogerlar boʻlib chiqadi.
Telegram-oʻyindan 100-200 dollar olish uchun uning eng faol foydalanuvchilarining 7-12 foiz qatoriga kirish kerak. Faoliyatda deyarli ishtirok etmaydigan, ammo soatiga yuqori daromadga ega boʻlganlar 30-50 dollar atrofida, ehtimol undan ham kamroq summa olishlari mumkin. Loyiha barcha foydalanuvchilar uchun yuqori daromadni taʼminlay olmasligini tushunish muhim, chunki umumiy kapitallashtirish bunga imkon bermaydi.
Hamster Kombatda airdropga nima taʼsir qiladi?
Eng yuqori mukofotga daʼvo qilish uchun foydalanuvchilar barcha mumkin boʻlgan faoliyatlarda ishtirok etishi kerak, jumladan:
- Skinlarni sotib olish;
- Yutuqlarni qoʻlga kiritish;
- Soatiga foydalarni oshirish;
- Kundalik vazifalarni bajarish;
- Yangi foydalanuvchilarni taklif qilish;
- Loyihaning Telegram kanaliga obuna boʻlish;
- Kalitlarni toʻplash (kuniga 36 ta kalit olish mumkin).
Shuni yodda tutish kerakki, u yoki bu faoliyatning ustuvorligi hozircha aniq emas. Agar kalitlar eng muhim omil boʻlib chiqsa, bu koʻpchilikning hafsalasini pir qiladi, chunki aksariyat oʻyinchilar reklama koʻpligi sababli kalitlarni yigʻishni eʼtiborsiz qoldirgan.
Mantiqiy savol tugʻiladi: bu topshiriqlarga sarflangan vaqt ehtimoliy 100 yoki hatto 200 dollar foydani oqlayaptimi? Agar siz maktab oʻquvchisi boʻlsangiz va pul topishning boshqa usuli boʻlmasa, unda ehtimol, ha. Oddiy ish bilan band boʻlgan odam uchun — oʻzingiz tushunasiz.
Xulosa
Hamster Kombat haqiqatan ham HMSTR tokenining airdropini oʻtkazadi va 2024-yil 26-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da birjalarga chiqadi, ammo katta daromad kutishning hojati yoʻq. Foydalanuvchilar oʻz imkoniyatlarini oqilona baholashi va ehtimoliy kichik mukofot uchun topshiriqlarni bajarishga vaqt sarflashga tayyor yoki yoʻqligini hal qilishi kerak.