/
/
Hamster Kombat oʻyinchilarga karta tarqata boshladi
20.08.2024

Hamster Kombat oʻyinchilarga karta tarqata boshladi

Telegramʼdagi kliker oʻyin uzoq shov-shuvlardan keyin amaliy ishlarga oʻtayotgan koʻrinadi. Hamster Kombat oʻyinchilar uchun haqiqiy metal kartalar ishlab chiqara boshladi.

Hamster Kombat oʻyinchilarga karta tarqata boshladi

Hamster Kombat asoschilari foydalanuvchilarga metal karta berilishini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu kartadan onlayn ham, oflayn ham foydalanish mumkin. U ballar sonini oshiradi.

Bunday kartalarni Crypto.com sayti orqali buyurtma berish mumkin. Unda valyutalarni ayirboshlash mumkin boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida, bir necha kun avval Hamster Kombat asoschilari oʻrtasida keskinlik yuz bergani sababli oʻyinda listing boʻlmasligi xabar qilingandi.

Oʻyin rasmiylari bu voqeaga shaxsan izoh bermagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar ham doimgidek xabarlar chiqarmoqda. Lenta nashri ziddiyat haqidagi maqolani oʻchirib tashlagan.