/
/
Hamster Kombat tokenlari ikkita kriptobirjaga joylandi
03.09.2024

Hamster Kombat tokenlari ikkita kriptobirjaga joylandi

Hamster Kombatʼning tokenlari OKX va Bybit birjalariga joylashtirildi. Listing 26-sentyabrda boʻlib oʻtadi.

Hamster Kombat tokenlari ikkita kriptobirjaga joylandi

Telegramʼdagi mashhur oʻyin hisoblanuvchi Hamster Kombatʼning tokenlari OKX va Bybit birjalariga joylashtirildi. Listing 26-sentyabrda boʻlib oʻtadi.

HMSTR tokenlari 30-avgust kuni OKX kriptobirjasida roʻyxatdan oʻtgan. U yerda savdo qilish va zanjirdan tashqari depozit uchun KYC jarayonini toʻliq yakunlash kerak.

Kompaniya OKX foydalanuvchilar mamlakatida ishlamasa yoki KYC jarayonini yakunlashning iloji boʻlmasa, xavotirlanmaslik kerakligini bildirgan. Tez orada yangi birjalar ham paydo boʻladi.

Bu xabardan 4 kun oʻtib, 3-sentyabr kuni Hamster Kombat tokenlari Bybit birjasiga ham joylashtirildi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, kriptobirjalar reytingida OKX 3-oʻrinda, Bybit esa 4-oʻrinda turadi.

Endi HMSTR tokenlari dunyodagi eng mashhur va ishonchli Coinbase hamda Binance birjalariga kiritilishi kerak. Shundan soʻng 26-sentyabrda tokenlar listingi boʻlib oʻtadi va oʻyinchilar haqiqiy pulga ega boʻladi.