РУ
O’Z
UZS
/
/
Hamster Kombat HMSTR kriptovalyutasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Narx foydalanuvchilar hafsalasini pir qildi
26.09.2024

Hamster Kombat HMSTR kriptovalyutasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Narx foydalanuvchilar hafsalasini pir qildi

Hamster Kombat tokenlarni listing qildi

Kriptovalyuta savdosi 26-sentyabr kuni tushdan keyin boshlandi. Savdolar Binance, Bybit, Kucoin, Gate.io va boshqa kriptomaydonlarda amalga oshirilmoqda. Coinmarcetcup maʼlumotlariga koʻra, savdo boshlanishida tanga 0,009-0,01 dollar atrofida muomala qilindi. Oʻyinchilarning oʻrtacha daromadi 1000 dan 4000 koingacha ekanligini hisobga olsak, summalar kulgili darajada past chiqmoqda. Hafta boshida premarketda taxminan shunday kurs mavjud edi, natijada hatto eng faol oʻyinchilar ham zoʻrgʻa 40-50 dollar ishlab topishdi. Listingdan oldin ekspertlar HMSTR kursi kutilmaganda past boʻlishi va bu koʻplab oʻyinchilarni umidsizlantirishini ogohlantirgan edi.

Umidsizlanishiga qaramay, foydalanuvchilar baribir tangalarni sotishga shoshildi. Hatto Telegramʼning oʻrnatilgan kriptohamyonida ham nosozlik yuz berdi (boshqa kripto-hamyonlardan tashqari, Hamster Kombat tangalarni Telegram hamyoniga chiqarish imkonini bergan edi).

Kelajakda ogʻmaxon narxi qanday boʻladi?

Aftidan, narx taxminan bir xil darajada qoladi: ekspertlar keskin oʻzgarishlarni bashorat qilmayapti. Shu bilan birga, hech kim aniq bashorat berishga botinmayapti: narx koʻp jihatdan ushbu kriptovalyutadan ommaviy ravishda koʻngli qolgan foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga bogʻliq boʻladi.

Olingan pul miqdori nimaga bogʻliq?

Olingan pul miqdori quyidagi parametrlarga bogʻliq: oʻyinchi qancha tanga toʻplagani va mini-oʻyinlarda qancha kalit ishlab topgani, oʻyinga doʻstlarini jalb qilgani, passiv daromad evaziga qancha tanga olgani, kunlik topshiriqlarni bajargani.

Koʻpchilik eng muhim parametr passiv daromad deb oʻylardi, ammo aslida Hamster Kombat yaratuvchilari uchun taklif qilingan doʻstlar soni muhimroq boʻlib chiqdi.

Oktyabr oyida “Ogʻmaxon”ning ikkinchi mavsumi boshlanadi. U yerda nima boʻladi?

Yana bir yangilik loyiha rivojiga taalluqli. Oktyabr oyida yangi mavsum boshlanishi va tashqi toʻlov tizimlari integratsiyasi kutilmoqda. Noyabr oyidagi rejalar — yangi oʻyinlar va NFTni joriy etish. Dekabr oyida Hamster Kombat reklama tarmogʻini ishga tushiradi, shuningdek, klanlar bilan raqobatlashish imkoniyatini qoʻshadi.

Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, ular ikkinchi turda oʻyinchilarning qiziqishini qanday saqlab qolishni allaqachon oʻylab topishgan: token narxi 11,25 foizga oshishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekistonda Hamster Kombat tokenlarini qayerda qonuniy sotish mumkin?

Oʻzbekistonda tokenlarni faqat kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat koʻrsatuvchi provayderlar orqali sotib olish yoki sotish mumkin.

“Olingan HMSTR tokenlarini faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat koʻrsatuvchi provayderlar orqali, agar ular kriptobirjaning kotirovka roʻyxatiga yoki kripto-doʻkonning savdo savatchasiga kiritilgan boʻlsa, sotib olish yoki sotish mumkin. Eslatib oʻtamiz: ushbu turdagi tokenlar juda beqaror va aksariyat hollarda foydali funksiyalari yoʻqligi sababli listingdan keyin tezda qadrsizlanadi”, — deyiladi agentlik saytida.

Hamster Kombat — bu Telegram messenjeridagi kliker oʻyini boʻlib, unda oʻyinchiga kriptobirjaga egalik qilish va uni rivojlantirish taklif etiladi.