РУ
O’Z
UZS
/
/
Hamster Kombat yaratuvchilari oraliq mavsumni eʼlon qildi
21.09.2024

Hamster Kombat yaratuvchilari oraliq mavsumni eʼlon qildi

Hamster Kombat yaratuvchilari oraliq mavsumni eʼlon qildi

Interlude mavsumi bir necha hafta davom etib, unda oʻyin ishtirokchilari yangi qimmatbaho aktivlar — kristallarni yigʻishi mumkin.

Avvalroq Hamster Kombat mini-ilovasi 20-sentyabr kuni yangi tangalar ishlab chiqarish toʻxtatilishini maʼlum qilgandi.

Undan keyin oʻyinning Telegramʼdagi kanalida jarayon muvaffaqiyatli amalga oshirilgani haqida xabar berildi.

Foydalanuvchilar mablagʻlarni yechib olish uchun biriktirilgan manzil mavjudligini tekshirishlari va uning tasdiqlanganiga ishonch hosil qilishlari kerak edi.

Shundan soʻng 21-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:55 da oʻyin yaratuvchilar bu bilan oʻyin tugamaganini, unda oraliq mavsum boshlanayotganini eʼlon qildi.

Interlude mavsumi ikkinchi mavsum oldidan “qizib olish” uchun chiqarilgan boʻlib, u bir necha hafta davom etadi.

“Interludeʼda ishtirok etish va olmoslar farmingi kelgusi mavsumda sizga qoʻl keluvchi afzalliklarni taqdim etadi. Koʻproq olmos — koʻproq foyda”, — deyiladi xabarda.

Oraliq mavsumda yangi kartalar va oʻyinlar paydo boʻldi va kristallar yangi valyutaga aylandi. Undagi barcha skinlar endilikda bepul.