РУ
O’Z
UZS
/
/
Hamster Kombatʼda pul tarqatishda oʻyinchilarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etdi
24.09.2024

Hamster Kombatʼda pul tarqatishda oʻyinchilarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etdi

Hamster Kombatʼda pul tarqatishda oʻyinchilarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etdi

Hamster Kombat oʻyinida token tarqatish (airdrop) doirasida firibgarlik uchun 2,3 million foydalanuvchi bloklandi. 2024-yil 26-martdan boshlab loyihada jami 300 milliondan ortiq kishi qatnashdi. Bu haqda “Vedomosti” nashri ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy tarmoqlariga asoslanib xabar bermoqda.

Tokenlarni tarqatishda faqat 131 million kishi ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Shunday boʻlsada, ulardan 30,6 million foydalanuvchi belgilangan muddat tugagunga qadar mablagʻlarni yechib olish usulini tanlashga ulgurmadi. Bu esa ular 26-sentyabrga rejalashtirilgan listingdan keyin oʻz HMSTR tangalaridan foydalana olmasligini anglatadi.

Rejaga koʻra, 100 milliard umumiy hajmdan 75 milliard token jamiyat aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu summaning 60 foizi birinchi mavsumdan soʻng tarqatiladi. Buning 88,75 foizini oʻyinchilar darhol, qolgan 11,25 foizini esa listingdan 10 oy oʻtgach qoʻlga kiritadi. Qolgan 15 foizi ikkinchi mavsum davomida taqsimlanadi.

Premarketda bitta HMSTR tokenining narxi taxminan 0,01 dollarni tashkil etmoqda (2024-yil 23-sentyabr kuni kursi boʻyicha bir rublga yaqin). Hamster Kombat ilovasida kriptovalyuta ishlab topish mumkin boʻlgan soʻnggi kun 21-sentyabr boʻldi.