Haqiqatan ham ota-onalarning eng sevimli farzandi bo‘ladi – olimlar tasdiqladi


Shuningdek, ular bir farzandni ko‘proq yaxshi ko‘rish alomatlari va favoritizmning qanday aniqlashimiz mumkinligini aytib o‘tishdi.
“Brigham Young” universitetining amerikalik olimlari ota-onalarning sevimli farzandi borligini tasdiqlaygan tadqiqot o‘tkazishdi. Eksperimentda 19 400 dan ortiq ishtirokchilar o‘rganilib, bolalarning jinsi va shaxsiy fazilatlari bu borada asosiy rol o‘ynashi aniqlangan.
Natijalarga ko‘ra, otalar va onalar qiz farzandlarini ko‘proq sevishadi. Shuningdek, “o‘ziga xos sevimli” bola – mas’uliyatli va “a’lochi sindromi”ga ega bo‘lgan bola: u uy ishlarini o‘z vaqtida bajaradi, xonasini doim tartibda saqlaydi va ota-onasiga qarshi chiqmaydi. Bunday bolalar ko‘pincha maqtovga sazovor bo‘lib, kamdan-kam tanqidga uchraydi. Bundan tashqari, e’tiborli va atrofdagilar bilan yaxshi muloqot qiladigan bolalar ham ota-onalar nazarida yuqori baholanadi.
Tadqiqot davomida ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 5 jihati ko‘rib chiqildi: umumiy munosabat, mehrini ko‘rsatish, tanqid va qarg‘ish, resurslarni taqsimlash (vaqt va pul), hamda xatti-harakatlarni nazorat qilish. Natijalarga ko‘ra, kattaroq yoshdagi bolalar ko‘proq erkinlikka ega bo‘lishadi, ammo bu faqatgina ularning rivojlanish darajasi va yoshi bilan bog‘liq bo‘lib, oilaning xohish-istaklari bilan aloqador emas.

Tadqiqot yakunida olimlar ota-onalarni ogohlantirdi: o‘zini sevilmayotgan his qilgan bolalar ruhiy muammolar bilan duch kelishi va psixologlar yordamiga muhtoj bo‘lishi mumkin.
“Bu ma’lumotlar ota-onalar va mutaxassislarga oilaning salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlar modelini ko‘rishga yordam berishi va muammolarni oldini olishi mumkin”, – deydi tadqiqot guruhi rahbari Aleksandr Jensen.