Har bir inson o‘qishi kerak bo‘lgan psixologik kitoblar
O’zingiz va o’zingizga berayotgan bahoyingiz ustida ishlash munosabatlarni o‘rnatish va bolalarni tarbiyalashni o‘rganish kabi normaldir. Ayollarga uchun mo‘ljallangan sevgi va onalik, bolalik travmalari va o‘zlikni qabul qilish bo‘yicha eng yaxshi psixologik kitoblarda bu haqda ma’lumot beriladi.
Ayollar uchun psixologiya bo‘yicha kitoblar:
1. “O‘zingga mehr ila. O‘zini qadrlash va asrash haqida kitob’’– Olga Primachenko
Ushbu kitobda belaruslik jurnalist va yozuvchi o‘zining shaxsiy tajribasi haqida gapiradi: qiyin ajralish, ishdan mahrum bo‘lish va o‘ziga ishonch. Muallif siz bilan dugona sifatida, tushunarli va ishonchli tilda gaplashishi bilan ajralib turadi. Agar siz bolaligingizdan tashqi qiyofangizdan uyalib, shaxsiy hayotingizdagi muammolar uchun o‘zingizni ayblasangiz va ichki tanqid hujumlaridan qiynalsangiz, unda bu kitobga aniq baho bering. Axir unda o‘ziga qaytish va o‘z qadr-qimmatini oshirishga yordam beradigan rituallar mavjud.
2. ‘‘Tana hamma narsani eslaydi’’ – Bessel van der Koll
Taniqli psixiatr va 30 yillik tajribaga ega mutaxassisning kitobida boshdan kechirilgan travmalar haqiqiy dunyoni idrok etishimizga, to‘laqonli hayot kechirishimizga, boshqa odamlarga va o‘z his-tuyg‘ularimizga ishonishga, xursand bo‘lishga va yaqinlikka ochiq bo‘lishga qanday to‘sqinlik qilishi haqida hikoya qilinadi. Miya, immunitet va gormonal tizimni o‘rganishga asoslanib, yozuvchi travma va fiziologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘radi. Keyin esa davolashning ta’sirchan usullarini taklif qiladi.
‘‘Sog‘ayish sari birinchi qadam – ichingizda sodir bo‘layotgan narsalarni his qilish, atash va topishni o‘rganishdir’’, – deb yozadi van der Kolk.
3. ‘‘Ayol psixologiyasi’’ – Karen Xorni
Ushbu kitob to‘plamda psixoanalizchi Karen Xorni psixoanalizning otasi Freyd bilan ko‘rinmas bahsga kirishib, ayol psixologiyasi bo‘yicha o‘z nazariyasini yaratadi. U psixoanaliz erkaklar tomonidan ixtiro qilingani, shuning uchun u universal emasligini ta’kidlaydi.
Siz maqolalarni boshidan yoki oxiridan, hatto tasodifiy tartibda o‘qishingiz mumkin (shunchaki hozir sizga tegishli bo‘lgan mavzuni toping). Ularning ko‘pi ona bilan muloqot, erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar, yashirin motivlar va istaklarni o‘z ichiga oladi.
4. ‘‘Juda qattiq sevuvchi ayollar’’ – Robert Norvud
Amerikalik psixologning kitobi o‘zaro bog‘liq munosabatlar va fidokorona muhabbatga bag‘ishlangan. Tiraj bir necha million nusxalik chegaradan o‘tgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ijobiy sharhlarni to‘plagan. Kitobning muvaffaqiyati siri oddiy: Norvud nosog‘lom munosabatlar modeli haqida juda tushunarli tarzda hikoya qiladi. Uni ko‘pchilik toksikligi, manipulyatsiyasi va qaramligi bilan ‘‘qutqaruv doirasi’’ sifatida qabul qiadi.
5. ‘‘Yonish. Stressdan xalos bo‘lishning yangi yondashuvi’’ – Emili va Ameliya Nagoski
Ushbu kitobni ikki opa-singil ko‘plab ayollar boshdan kechiradigan ‘‘yonish’’ va stress tabiatini ochib berish uchun yozgan. Nashrda mualliflar stressli vaziyatlarga olib keladigan stereotiplardan voz kechishadi. Murakkab atamalarsiz, jonli til va ayollarning noyob hikoyalarini o‘z ichiga oladigan mazkur kitobda stressning tabiatini ochib berishning eng yaxshi usuli aks etgan.
Kitob tashvishlar yukini tashlashga va aybdorlik hissidan xalos bo‘lishga yordam beradi.
‘‘Emotsiyalar – bu tunnellar. Siz ulardan o‘tishingiz kerak, chunki har birining oxirida yorug‘lik bor’’, – deb ta’kidlaydi opa-singil Nagoski.
6. ‘‘Sevaman va tushunaman’’ – Mixail Labkovskiy
Kitobda rossiyalik psixolog sog‘lom psixika va shaxsiy chegaralarga ega bo‘lgan insonni qanday tarbiyalash sirlari bilan o‘rtoqlashadi, ammo bu nafaqat ota-onalar uchun foydali bo‘ladi. Unda bolalik mavzulari va hayotimiz davomida o‘zimiz bilan olib yuradigan o‘tmish hikoyalari ko‘tariladi. Shuningdek, u xavotirni, o‘zidan doimiy norozilikni qanday yengish va shunchaki biroz baxtli bo‘lish kabi dolzarb savolga javob beradi.
7. ‘‘Bu sen bilan boshlanmagan’’ – Mark Uollin
“Bu sendan boshlanmagan. Oilamizdagi salbiy ssenariylarni qanday o‘rganamiz va ularning ta'sirini qanday to‘xtatamiz kitobida Uollin avlod travmasi haqida gapiradi. Psixolog bizning buvilarimizdan onalarimizgacha bo‘lgan qo‘rquvlar va hatto reaksiyalar bizga qanday o‘tishini tushuntiradi. Bularning barchasi juda qiziq, chunki bu ma'lumot tom ma'noda dunyoni ostin-ustun qiladi va o‘zingizga boshqa tomondan qarashga majbur qiladi.
8. ‘‘Sevgining beshta tili’’ – Geri Chapmen
Kitob nafaqat er-xotinlar uchun, balki oilaviy hayotga endigina tayyorlanayotganlar uchun ham dolzarb bo‘ladi. Unda psixolog har birimiz sevgini o‘zimizcha tasavvur qilishimiz haqidagi haqiqatni ko‘rib chiqadi. Kimdir uchun bu qimmatbaho sovg‘alar, kimdir uchun yaxshi so‘zlar va e’tibor, kimdir uchun esa taktil hislardir. Va bu nashr sherigingizning ‘‘muhabbat tilini’’ oldindan tushunishga va mustahkam munosabatlarni qurishga yordam beradi.
9. ‘‘Resursdagi ona’’ – Karella Isvaran
Barcha bezovta onalar munosib baholaydigan kitob. Yozuvchi ideal bo‘lishga bo‘lgan doimiy istakdan xalos bo‘lish va onalikdan zavqlanishni o‘rganish bo‘yicha o‘zining sinalgan va samarali usullari bilan o‘rtoqlashadi, chunki bu dunyodagi eng baxtli ‘‘ish’’dir.
‘‘Hayot dengizga o‘xshaydi: ba’zan uning to‘lqinlari baland ko‘tariladi, ba’zan u silliq va sokin bo‘ladi. Shaxsan bizga hech qanday aloqasi yo‘q – biz to‘lqinga ta’sir qila olmaymiz, lekin u qanchalik baland ko‘tarilishini qabul qilishimiz mumkin’’, – deb ta’kidlaydi muallif.
10. ‘‘Ko‘proq seving, kamroq janjallashing’’ – Jina Senarigi
Nikohingiz yoki munosabatlaringiz qanchalik mukammal bo‘lmasin, nizo va janjallarsiz ish bitmaydi. Voqealar rivojini oldindan bilish va janjalni har ikki tomon uchun og‘riqli travma emas, foydali tajribaga aylantirish uchun bu kitobni o‘qib chiqish lozm. Ikkinchi yarmingiz sizga rahmat aytadi.