/
/
Hasanboy Doʻsmatov Parij Olimpiadasi oltin medalini qoʻlga kiritdi
09.08.2024

Hasanboy Doʻsmatov Parij Olimpiadasi oltin medalini qoʻlga kiritdi

-51 kg vazn toifasida sportchimiz finalda Fransiya vakili Billal Bennamaga bahs olib bordi va uni ochkolar hisobida magʻlub etdi. U shu tariqa ikkinchi marta Olimpiada chempioni boʻldi.

Hasanboy Doʻsmatov Parij Olimpiadasi oltin medalini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik mahoratli bokschi Hasanboy Doʻsmatov Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlarida chempion boʻldi.

-51 kg vazn toifasida sportchimiz finalda Fransiya vakili Billal Bennamaga bahs olib bordi va uni ochkolar hisobida magʻlub etdi. U shu tariqa ikkinchi marta Olimpiada chempioni boʻldi.

Hasanboy ushbu turnirda puerto-rikolik Xuan Lopez, qozogʻistonlik Saken Bibossinov va kabo-verdelik Daniyel Varela de Pina kabi nomdor bokschilar bilan jang qilib, ularning barchasini magʻlubiyatga uchratgan.

Rio Olimpiadasidan keyin Hasanboy Doʻsmatov Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan. Bokschi “Oʻzbekiston iftixori” va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.