РУ
O’Z
UZS
/
/
Havo tozalagich: allergik, astmasi bor, it boquvchi yoki ota-onalar qaysi havo tozalagichni tanlashi kerak?
13.08.2024

Havo tozalagich: allergik, astmasi bor, it boquvchi yoki ota-onalar qaysi havo tozalagichni tanlashi kerak?

Havo tozalagich: allergik, astmasi bor, it boquvchi yoki ota-onalar qaysi havo tozalagichni tanlashi kerak?

Allergiyani unutish, chang, mikroblar va iflos havoning boshqa yoqimsiz “ta’siridan” xalos bo‘lishni maqsad qiladiganlar uchun. 

Havo tozalagich kimlar uchun kerak: 

  • Surunkali va chang zarralari, uy hayvonlar tuklari va changga allergiyasi bo‘lib, doim bundan aziyat chekadigan odamlar.
  • Uyi muzey yoki teatrga o‘xshash odamlar – derazalardagi og‘ir baxmal parda, buvisining sepidan qolgan o‘zbekcha gilam, shuningdek, interyerini bezatadigan, ammo sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa to‘qimachilik buyumlari bor insonlar.
  • Deyarli har kuni va kuchli kimyoviy tozalash vositalaridan foydalangan holda, uyni umumiy tozalashni yaxshi ko‘radigan odamlar: kimyoviy tozalash vositalari ham kvartiradagi havo holatiga bevosita ta’sir qiladi.
  • Havoning ifloslanishi yuqori bo‘lgan shahar va hududlarda yashovchi odamlar yoki xonani ventilyatsiya qilish yordam bermay, vaziyatni yanada yomonlashtiradigan sharoitda yashaydiganlar.
  • Passiv va shunchaki chekuvchilar. Tamaki tutuni bilan nafas oladigan moddalar nafaqat otni, balki o‘pkani ham o‘ldiradi. 

Havo tozalagichlarning qanday turlari mavjud?  

Havo tozalagichlar ko‘pincha uch turga bo‘linadi: bu namlagich, havoni yuvgich (nam) va quruq filtrli qurilma. 

Havo namlagichlar havoni namlaydigan darajada tozalab bermaydi. Havoni tozalovchi moslamalar samaraliroq hisoblanadi: qattiq moddalar strukturaning nam disklariga “yopishib qoladi”, barcha iflosliklar maxsus idishda qoladi, bizga esa faqat tozalangan havo qoladi. Bundan tashqari: nam havo tozalagich o‘zining “sheriklari”ga nisbatan shovqinsiz ishlaydi. 

Quruq havo tozalagich – bu bir nechta filtrli ventilyator. Biri ifloslanish, ikkinchisi zararli gazlar, uchinchisi mikroblar bilan kurashadi. Sifat va funksional jihatdan bu variant eng yaxshisidir. Ammo uning salbiy tomonlari ham bor: u ko‘proq elektr energiyasini “yeydi” va ko‘proq shovqin chiqaradi. Ammo ortiqcha kommunal to‘lovlar sizni qo‘rqitmay, uyingiz shundayga ham bolangiz yoki itingizning shovqini bilan to‘la bo‘lsa, bu qurilmadan bemalol foydalanishingiz mumkin. 

Havo tozalagichning xususiyatlari bo‘yicha qay birini tanlash kerak?

  • Havo almashinuviga qaraymiz (qancha kub havoga ishlov beradi). Yaxshi havo tozalagich soatiga kamida uch marta havo o‘tkazishi kerak. Endi qiziqarli arifmetika: xonaning hajmini hisoblang, uni uchga ko‘paytiring va javob sizning qarshingizda.
  • Kuchiga e’tibor qaratamiz. Havo almashinuvi qanchalik katta bo‘lsa, havo tozalagich shunchalik kuchli bo‘ladi: bu yaxshiroq tozalashni anglatadi. Ushbu element astmatik va allergiya bilan kasallanganlar uchun muhimdir.
  • Shovqin darajasiga qaraymiz. Agar sizda kichkina bola, asabiy it va beqaror asab tizimi bo‘lsa, unda tungi rejimga o‘tadigan tozalagichni tanlang. Tabiiyki, u ancha shovqinsiz bo‘ladi.
  • Joylashtirishni ko‘rib chiqamiz. Stol, pol yoki devorga o‘rnatiladigan. Tozalash vositasi qanchalik kichik va ixcham bo‘lsa, uni kvartirada harakatlantirish va stolga qo‘yish osonroq bo‘ladi. Eng “kuchli” tozalagichlar devorga o‘rnatiladi. 
  • Ish rejimlariga qaraymiz. Ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Masalan, yuqorida aytib o‘tgan tungi (tinch) rejim haqida yozgan edik.
  • Indikatorlarga e’tiborimizni qaratamiz. Bunda ham huddi shunday – ko‘rsatkich filtrlari qancha ko‘p bo‘lsa, qurilma shunchalik yaxshi bo‘ladi. Ilg‘or tozalagichlar havo sifati, chang miqdori, ish tezligi va boshqa ko‘rsatkichlar indikatorlari bilan jihozlangan.
  • Boshqaruvga qaraymiz. Aniqrog‘i, uning turiga. Havo tozalagichlar mexanik (tugmalar), elektron (sensorli displey) bo‘lishi mumkin. Eng yaxshisi – masofadan boshqarish pulti bilan tozalovchi (yoki smartfon orqali).
  • Qo‘shimcha funksiyalariga qaraymiz. Bu ionlash, sovutish (yozda juda muhim), ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berish, shuningdek aromatizatsiya. Agar unda aromatizatsiya funksiyasi bo‘lsa, siz diffuzer va havo spreylari haqida batamom unutasiz. 

Havo tozalagich: filtrlar  

Mexanik filtr qo‘pol moddalar va qattiq aralashmalar bilan ishlaydi, ammo uchuvchi gazlarga qarshi kurashda kuchsizdir. Xuddi shu narsani NERA va uglerod filtri haqida ham aytish mumkin (garchi ular changni amallasalar ham). 

Havo tozalagich uchun filtrning eng yaxshi varianti fotokatalitik hisoblanadi. U ko‘p jihatdan yaxshi sanalib, ham  chang, ham mikroblardan tozalaydi.