РУ
O’Z
UZS
/
/
Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan 30 ta kichik odatlar
25.06.2024

Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan 30 ta kichik odatlar

Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan 30 ta kichik odatlar

Bu odatlar organizmga foyda keltiradi, asablarni tinchlantiradi va qalbni quvontiradi.

Odatda hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartirish ko‘p vaqt sarflab, g‘ayrat bilan urinish orqali erishiladi, deb o‘ylaymiz. Aslida esa hayotimizni tubdan o‘zgartira oladigan, siz muhim deb hisoblamaydigan shunday mayda odatlar borki, ularni hayotda qo‘llab, biz maroqli, yorqin va har sohada samarali bo‘lgan ijobiy hissiyotlarga to‘la hayotga erishishimiz mumkin.

E’tiboringizga ana shunday natijalarga olib keladigan kichkina, ammo samarali odatlar ro‘yxatini taqdim etamiz. Ularni bajarish umuman mushkul emas, natija esa sizga yoqishi aniq.

1. Kunni och qoringa bir stakan iliq suv bilan boshlang. U kechasi organizmda to‘plangan toksinlarni chiqaradi va metabolizmni ishga soladi.

2. Sog‘lom va albatta estetik ko‘rinishga ega nonushta tayyorlang. Bu sizning har kungi oddiy nonushtangiz bo‘lishi mumkin, muhimi – uni chiroyli tortishdadir. Tuxumni qaynatib oling, bir bo‘lak nonni qarsildoq holga keltirib, sariyog‘ va murabbo surting. Hammasini chiroyli tarelkaga bezatib qo‘ying.

3. Kofeni och qoringa yoki yo‘l-yo‘lakay ichmang, uni faqat ovqat davomida yoki undan keyin iching. Och qoringa kofe ichish oshqozon-ichak kasalliklariga olib kelishi mumkin.

4. Uxlagan joyingizni yig‘ing. Bir necha izlanishlar bu zerikarli odatni juda foydali ritual ekanini tasdiqlagan. Joyingizni yig‘ishingiz bilanoq miya “bajarish kerak bo‘lgan ishlar” ro‘yxatidagi ilk ishni bajargan kunning birinchi yutug‘i tufayli endorfinlarni ishlab chiqaradi.

5. Kuningizni erta tongdan rejalashtirishni odat qiling: maqsadlar, vazifalar va kichik odatlarni bloknotga yozib qo‘ying (bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muhimligi bo‘yicha yozgan ma’qul). Shunda siz hech narsani unutmaysiz.

6. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni to‘shakda tekshirmang. Eng yaxshisi ularni kamida ertalab 9-10 gacha ishlatmang. Faqat kunning yarmida ularni tekshirish uchun 15 daqiqa ajrating: bu vaqt ichida lentani ko‘rib chiqib, layklar bosishga ulgurasiz.

7. Agar siz tongda ma’lumot olishga odatlangan bo‘lsangiz, u holda foydali vlog tomosha qiling yoki kitobning bir necha sahifasini o‘qing. Bu odat miyangizni tetiklashtiradi va kun davomida samarali ishlashga yordam beradi.

8. Agar masofadan turib ishlasangiz, unda dush qabul qilish, pijamani ish kiyimiga almashtirish va shu kabi bir qancha – ish jarayonini boshlashga yordam beradigan ritual ishlarini bajarishga odatlaning.

9. Gigiena odatlarini ham unutmang: tishlaringizni yuving, yuzingizga krem yoki niqob surting, tetiklantiruvchi dush qabul qiling. Bu ishlar juda oddiy ko‘rinsa-da, ammo ular kun bo‘yi samaradorligingizni oshiradi.

10. Badan tarbiya yoki mini-mashg‘ulotlar haqida ham unutmang. Yengil cho‘zilish, ertalabki yoga, press qilish – atigi 10 daqiqa sport bilan shug‘ullanish kun davomida kayfiyatingizni oshirishi mumkin.

11. Meditatsiya qiling. Ammo 10 daqiqa emas, kuniga kamida 1 daqiqa. Asosiysi majburan emas, balki xohish bilan va zavq uchun.

12. Barcha chalg‘itadigan narsalarni ko‘z oldidan olib qo‘ying: Telegramda bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying, telefoningizni ovozsiz rejimga qo‘ying (agar ishingizga kerak bo‘lmasa), brauzerdagi ortiqcha ilovalarni yoping.

13. Agar to‘liq jimlikda ishlay olmasangiz, sokin fonli musiqani yoqing: YouTube’da “music for work” pleylistlari mavjud.

14. Ish kuni davomida qisqa tanaffuslarni e’tiborsiz qoldirmang. G‘ayratli bir soatlik ishdan keyin kamida 5-10 daqiqa dam oling. Bu dam olish vaqtlarida tashqariga chiqishingiz, qahva ichishingiz yoki balkonda toza havoda nafas olishingiz mumkin.

15. Dam olish paytida yoki ishdan keyin sayr qilishga chiqing. Bu miyani dam oldiradi va diqqat markazini o‘zgartirishga yordam beradi – bu esa charchab qolishni oldini oladi.

16. Nafaqat mazali, balki sog‘lom ovqat iste’mol qiling. Odatda stress davomida yeydigan uglevodlarni kamaytirib, ularni o‘rniga oqsillar, ko‘katlar va sog‘lom yog‘larga e’tibor qarating. Misol uchun, yong‘oq – ideal tamaddi bo‘ladi.

17. Asta-sekin nafas olish. Stress darajangiz ko‘tarila boshlayotganini va kayfiyatingiz tushayotganini sezsangiz, ko‘zlaringizni yumib, bir necha marta chuqur nafas oling.

18. Ofis stulidan turmay cho‘zilish mashqlarini bajaring. Buning uchun qaddingizni rostlab cho‘ziling. Barmoqlaringizni bir-biriga qulflab, qo‘llaringizni yuqoriga ko‘taring. Shu holatda bir daqiqa cho‘zilib turing, so‘ng barmoqlaringiz joyini o‘zgartiring va mashqni takrorlang.

19. Agar sizda bo‘sh daqiqa paydo bo‘lsa, uni Internetda emas, balki qiziqarli yoki ta’lim podkastini tinglab sarflang. U san’at tarixidan tortib, investitsiya darslari kabi turli mavzularda bo‘lishi mumkin. Shu tarzda ishga g‘ayratingizni yo‘qotmaysiz.

20. Qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni kategoriyalar, qiyinchilik darajalari va ustuvorligiga, undan so‘ng esa ularni oddiy va tez bajariladigan bosqichlarga ajratishni odat qiling. Bajarib bo‘lgan ishlaringiz – kichik g‘alabadan so‘ng o‘zingizni maqtab qo‘yishni unutmang.

21. Haftasiga kamida bir marta parkga yoki shahar tashqarisiga sayr qilishga boring. Yaponiyada ushbu an’ana “o‘rmon jomlari” deb nomlanadi va yaponlar bu jarayonni sog‘liqqa foydali ekaniga ishonadi. Hatto olimlar bunday yurishlar qon bosimini pasaytirib, qon tomirlarini mustahkamlashini isbotlagan.

22. Dengiz tuzi, ko‘piklar va efir moylari bilan vanna qabul qiling. Buni bir amalga oshirib ko‘rgan kishi albatta bu muolajani eng sevimli dam olish ritualiga aylantiradi.

23. Ish stolingizni tartibga keltiring. Hamma narsa joy-joyiga turadigan ish stolida ishlash o‘zgacha mahsuldorlikka ega.

24. Har kuni moliyaviy savodxonlikni o‘rganing. Xarajat va daromadlaringizni tahlil qiling, ozginadan tejashni boshlang va hech bo‘lmaganda kuniga 3-4 marta qahva sotib olishdan voz keching.

25. Dam olish xizmatlaridan foydalaning. Organizm va miyangizga dam olishga yordam bering. Basseynda suzing, saunaga boring yoki massaj qabul qiling.

26. Sizni ertalab yoki kechqurun hech bo‘lmaganda bir necha sahifa o‘qishingizga undaydigan qiziqarli kitob toping.

27. O‘zingiz va sevimli mashg‘ulotlaringizga vaqt ajrating. Raqamlar bo‘yicha suratni bo‘yash, to‘qish, yog‘och o‘ymakorligi yoki gitara chalish – o‘zingiz yoqtirgan va qalbingizga orom beruvchi mashg‘ulotlar uchun kamida yarim soat vaqt bag‘ishlang.

28. Yutuqlar kundaligini tuting, unda kun davomida amalga oshirgan g‘alabalaringizni qayd etasiz. Minnatdorchilik kundaligi ham to‘g‘ri keladi.

29. Dam olish kunlarini oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan mazmunli o‘tkazing. Jamiyatda tez-tez bo‘lishni, muloqot qilishni odat qiling. Mehr ko‘zda ekanini unutmang.

30. Uyqu tartibingizni tiklang (kuniga kamida 7-8 soat). Bu mahsuldorlik va salomatlikning asosiy retseptidir.