РУ
O’Z
UZS
/
/
HMSTR tokeni asosida ekotizim yaratiladi
05.08.2024

HMSTR tokeni asosida ekotizim yaratiladi

HMSTR tokeni atrofida ekotizim yaratiladi

Hamster Kombat oʻyinining anonim yaratuvchilari Wiredʼga oʻzaro bogʻlangan oʻyinlar va xizmatlar ekotizimini yaratish niyatida ekanini maʼlum qildi. Tizim HMSTR tokeni asosida yaratiladi.

Loyiha ortidagi ishlab chiquvchilar anonimlikni saqlagan holda hanuzgacha oʻz ismlarini aytish yoki jurnalistlar bilan ovozli suhbat qurishdan bosh tortmoqda. Hamster Kombat jamoasi hozirda 50 kishidan iborat. Shtab yoʻq, hamma masofadan turib ishlaydi.

Taʼsischilar 15 yil davomida “professional oʻyinlarda” ishlaganliklarini aytgan, ammo tafsilotlar keltirilmagan. Aytilishicha, ular Bitcoinʼni mayning qilib, aktivning narxi 100 dollardan past boʻlganida uning sotuvi bilan shugʻullanishgan.

Hamster Kombatʼni yaratish gʻoyasi 2024-yil yanvar oyida Notcoin muvaffaqiyati fonida paydo boʻlgan. Ishlab chiquvchilarning soʻzlariga koʻra, ishga tushirilgandan soʻng toʻrt oy ichida oʻyinning auditoriyasi 300 million kishiga yetgan.

“Biz oʻsishimizning yagona yoʻli oʻyindagi hamma narsani virusga aylantirish ekanini bilardik. Bizda marketing uchun 50 million dollar yoʻq edi”, — deydi ijodkorlar.

Ularning soʻzlariga koʻra, Hamster Kombatʼda uchinchi tomon investorlari yoʻq, biroq loyiha allaqachon oʻyin ichidagi, YouTube va Telegramʼdagi reklamalarni sotishdan foyda koʻrmoqda. Taʼsischilar aniq natijalarni oshkor qilishmadi.

30-iyul kuni chop etilgan white paperʼda Hamster Kombat ishlab chiquvchilari oʻzlarining potensial airdropini “kriptovalyutalar tarixidagi eng yirik” deb atadi, biroq uni amalga oshirishning taxminiy vaqti hali ham aniq emas.

Hujjatga koʻra, chiqarilgan HMSTR hajmining 60 foizi oʻyinchilar uchun, qolgan tokenlar esa bozor likvidligini taʼminlash, ekotizim hamkorlari hamda grantlar, mukofotlar va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, Notcoin, Hamster Kombat va ularning Telegramʼdagi analoglari atrofidagi shovqin fonida messenjerning faol foydalanuvchilari soni oyiga 950 milliondan oshgan.