/
/
Huawei uch bukladigan egiluvchan smartfonni namoyish etadi
03.09.2024

Huawei uch bukladigan egiluvchan smartfonni namoyish etadi

Yaqinda Tecno kompaniyasi Phantom Ultimate 2 nomi ostida shunga oʻxshash konseptni namoyish etgan edi, ammo Huawei oʻz smartfonini ommaviy ishlab chiqarishga moʻljallangan mahsulot sifatida chiqarishni rejalashtirmoqda.

Huawei uch bukladigan egiluvchan smartfonni namoyish etadi

Huawei kompaniyasi dunyodagi birinchi uch marta bukladinadigan smartfon taqdimoti sanasini eʼlon qildi. Kompaniya Weibo ijtimoiy tarmogʻida tizer eʼlon qildi.

Tadbir Xitoyda 10-sentyabr kuni, Apple oʻzining yangi iPhone 16 liniyasini taqdim etganidan keyingi kuni boʻlib oʻtadi. Ushbu Huawei buklanadigan smartfoni Kirin 9000S flagman protsessorida ishlaydi.

Qurilma, shuningdek, kamida uchta modulli asosiy kamera va yupqa korpusga ega boʻladi. Smartfon Huawei kompaniyasining maxsus operatsion tizimi bilan jihozlanadi. Hozircha qurilma haqida boshqa tafsilotlar maʼlum emas.

Qiziq tomoni shundaki, yaqinda Tecno kompaniyasi Phantom Ultimate 2 nomi ostida shunga oʻxshash konseptni namoyish etgan edi, ammo Huawei oʻz smartfonini ommaviy ishlab chiqarishga moʻljallangan mahsulot sifatida chiqarishni rejalashtirmoqda.