РУ
O’Z
UZS
/
/
Humo Arena yonidagi yoʻllar vaqti-vaqti bilan yopiladi
14.09.2024

Humo Arena yonidagi yoʻllar vaqti-vaqti bilan yopiladi

Humo Arena yonidagi yoʻllar vaqti-vaqti bilan yopiladi

Futzal boʻyicha FIFA-2024 jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan Humo Arena yonidagi koʻchalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

Futzal boʻyicha FIFA-2024 jahon chempionati boʻlib oʻtishi munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan Humo Arena yonidagi koʻchalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

Qayd etilishicha, koʻchalar sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqtincha yopiladi.

14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha vaqti-vaqti bilan quyidagi koʻchalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi:

  • Furqat–Beshyogʻoch koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab, Beshyogʻoch–Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Beshyogʻoch–Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob koʻchasi boʻylab Islom Karimov–Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasigacha.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal boʻyicha jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan oʻyin 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha davom etadi.