ILMA yashil korporativ obligatsiyalari ro‘yxatga olindi: 50 mlrd so‘m binolarni modernizatsiya qilish uchun yo‘naltiriladi
O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan binolarni modernizatsiya qilishga 50 mlrd so‘m yo‘naltirilmoqda.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “yashil” korporativ obligatsiyalar ilk chiqariluvini ro‘yxatga oldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” tomonidan taqdim etilgan 50 mlrd so‘m mablag‘lar binolarni modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.
“O‘zining yashil maqsadlariga erishish uchun kompaniya banklar tomonidan taqdim etilgan yashil ta’mirlash kreditlarini moliyalashtirish va/yoki qayta moliyalashtirishga, shuningdek, bank mijozlari uchun energiya tejaydigan qurilish materiallaridan foydalangan holda ta’mirlash ishlarini olib borish imkoniyatlarini yaratishga e’tibor qaratadi”, — deyiladi xabarda.
Birinchi yashil korporativ obligatsiyalar Xalqaro kapital bozori assotsiatsiyasining yashil obligatsiyalar tamoyillariga muvofiqligi bo‘yicha “AIFC Green Finance Center” tomonidan ijobiy tashqi baholandi. Bu chiqariluvning asos dasturi bo‘yicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikati olingan.