Ilon Mask Mark Sukerbergani yana jangga chaqirdi
Ikki milliarder oʻrtasidagi qarama-qarshilik Sukerberga Mask Twitter ijtimoiy tarmogʻini sotib olganidan koʻp oʻtmay, ushbu platformaning Threads deb nomlangan analogini yaratganini eʼlon qilganidan keyin boshlangandi.
Ilon Mask Mark Sukerberga bilan istalgan vaqtda va har qanday sharoitda jang qilishga tayyorligini maʼlum qildi. Milliarderning shunday bayonot bergani aks etgan videoni Fox News jurnalisti Kelli Fares eʼlon qildi.
“Men Sukerberg bilan istalgan joyda, istalgan vaqtda va har qanday qoidalar ostida jang qilaman”, — dedi tadbirkor Vashingtonda jurnalistga.
Mark Sukerberga bunga Threads ijtimoiy tarmogʻidagi post bilan munosabat bildirdi: “Biz rostan ham buni amalga oshirmoqchimizmi?”
Oʻtgan yili Mask Sukerbergani duelga chorlagan, u bunga rozi boʻlgan, ammo jang sodir boʻlmagan. Mask shu yilning may oyida ham Sukerbergga qarshi jang qilishni taklif qilgan, biroq uning taklifi javobsiz qolgan.
Ikki milliarder oʻrtasidagi qarama-qarshilik Sukerberga Mask Twitter ijtimoiy tarmogʻini sotib olganidan koʻp oʻtmay, ushbu platformaning Threads deb nomlangan analogini yaratganini eʼlon qilganidan keyin boshlandi.
Taxminiy jang Kolizeyda boʻlib oʻtishi mumkinligi haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud. Bundan tashqari, ushbu jangga yirik promouterlar, jumladan, UFC ham qiziqish bildirgan. Tashkilot rahbari Dana Uayt jangni tashkillashtirish uchun bir necha bor harakat qilgan.