РУ
O’Z
UZS
/
/
Ingliz tilida gapirishga yordam beradigan 50 ta ibora. Saqlab oling
04.07.2024

Ingliz tilida gapirishga yordam beradigan 50 ta ibora. Saqlab oling

Ingliz tilida gapirishga yordam beradigan 50 ta ibora. Saqlab oling

Xorijiy davlatlarga sayohat mahalliy madaniyat, taomlar va diqqatga sazovor joylar bilan emas, balki til bilan boshlanadi. Aksariyat mamlakatlarda bizni xalqaro tilda, ya’ni ingliz tilida tushunishadi. Biz ingliz tilidagi asosiy so‘zlashuv iboralari to'plamini tuzdik, ular sizga kafeda buyurtma berish, do‘konda xarid qilish va adashib qolmaslikka yordam beradi. Saqlab qo‘ying.

Ingliz tilida har kunlik qo‘llash uchun iboralar:

Thank you/Thanks a lot – Rahmat (katta) 

You’re welcome – Arzimaydi

All right/Okay – Yaxshi  

Excuse me –Kechirasiz 

I’m sorry – Uzr so‘rayman

I see – Ko‘ramiz

That’s all right – Hech narsa, hammasi joyida

Nevermind – E‘tibor qilma

I’m fine – Men yaxshiman

I like/I enjoy – Men yoqtiraman

Salomlashish va xayrlashish iboralari 

Hello/Hi –Salom

How are you/ How’s it going? – Ishlaring qalay? 

Nice to meet you/to see you – Sen bilan uchrashganimdan/ko‘rishganimdan xursandman

What have you been up to? – Shu vaqtgacha nimalar qilding?

See you soon/see you later/see you – Ko‘rishguncha

Have a nice day/Have a good weekend – Hayrli kun/Hayrli dam olish tilayman

Take care – O‘zingni asra

Say hi to … – Salom aytgim (kimgadir) 

Good luck – Omad

Good bye/Bye – Ko‘rishguncha/Xayr

Ingliz tilida yo‘nalishlarni/joylarni qanday so‘rash mumkin?

Could you please tell me the way to? – Iltimos, menga qanday borishni ayta olasizmi? 

Excuse me, where is the nearest …? – Kechirasiz yaqinrog‘i qaysi? (magazin, bank, bekat) 

I’m looking for … – Men qidirayotgandim (joy/lokatsiya) 

Is it far? – Uzoqmi? 

What is the shortest way to … ? – …gacha eng qisqa yo‘l qaysi?

Could you repeat the way please – Iltimos,manzilni takrorlay olasizmi?  

Can you show it on the map, please? – Uni xaritadan ko‘rsata olasizmi, iltimos? 

What street is this? – Bu qaysi ko‘cha? 

I’m sorry, I’m not from here – Kechirasiz, men mahalliy (aholi) emasman

Thanks a lot for your help – Yordamingiz uchun katta rahmat! 

Ingliz tilida ovqatga qanday buyurtma berish mumkin?

Can I have the menu, please/ The menu, please – Menyuni olsam maylimi? 

I’m ready. I would like to … – Buyurtma qilishga tayyorman, men…xohlardim

What is this dish? – Bu qanday taom? 

I will take this – Men buni olaman 

I’d like the set lunch – Men komplekt obed xohlar edim

What do you recommend? – Nima tavsiya qilasiz? 

What are your specialties? – Firmenniy ovqatlaringiz qaysilar? 

I’d like to order dessert – Desertga buyurtma bermoqchi edim

Nothing else, thank you – Boshqa hech narsa kerak emas, rahmat

I’m full,thanks – To‘yib qoldim, rahmat.



Xarid qilishingizda yordam beradigan iboralar

Excuse me. Could I see that … – Kechirasiz, buni ko‘rsam maylimi?

Could you help me? – Yordam bera olasizmi?

Where can I find…? – Qayerdan topsam bo‘ladi? (buyum haqida) 

How much does it cost? – Bu necha pul turadi? 

Do you have a smaller/larger size – sizda kichikroq/kattaroq o‘lchamdagisi bormi?

Where is the fitting room? – Kiyinib ko‘rish xonasi qayerda? 

That’s fine – Ajoyib

I will take it – Men olaman

It’s too expensive/cheap – Bu juda qimmat/arzon

I’m not going to buy – Xarid qilmoqchi emasman