Uy uchun qanday ranglarni tanlash mumkin: 2024-yildagi barcha trendlar
Pantone instituti allaqachon 2024-yil rang trendlari ro‘yxatini e’lon qilgan, dizaynerlar esa mazkur trendlarni xonadonlar va uylar muhitida sinab ko‘rishga kirishdi. Biz interyerda yil oxirigacha mashhur bo‘ladigan ranglar trendlarini to‘pladik. G‘arb dizaynerlari ham bu boradagi tavsiyalarga qo‘shiladi.
Interyer dizaynerlari talqiniga ko‘ra, 2024-yilning rang trendlari:
- Tabiiy: jigar rang, zaytun rang yoki yumshoq-terrakot rang
- Ekologik: yashilning barcha ranglari, mayin yalpiz, to‘yingan malaxit
- Iliq va ijobiy: zarg‘aldoq, shaftoli, xurmo rang
- Barbi uslubida: pushti, fuksiya, malina rang
- Amaliy va funksional: kulrang, ‘‘ho‘l asfalt’’
- Nafis va bosiq: jigarrang, sutli qahva yoki taupe colour, bunday ranglar 2023-yil trendi ham bo‘lib, u sokinlik va qulaylikni qadrlaydiganlarga yoqadi.
Pantone talqini bo‘yicha 2024-yilgi interyer rang trendlari:
Sovuq matcha
Matcha o‘zida eng yaxshi narsalarni: tabiiy nota va yotoq ranglarini birlashtiradi. Interyerdagi bunday rangning asosiy xususiyati xotirjamlik va ‘‘terapevtik’’ ta’sirdadir.
Shaftoli rang
Peach Fuzz – bu Pantone 2024 palitrasidagi eng nozik rang, shuningdek, yotoqxonada eng ko‘p ishlatiladigan rangdir. Baxmal, nozik va bejirim bo‘lmagan shaftoli rangdan to‘qimachilik, aksessuarlar va detallarga urg‘u berishda ham foydalanish mumkin. U bilan birgalikda kulrang, nyud, qaymoq rang va jigarrang mos tushadi.
Apelsin limonadi
Orange lemonade – shaftoli rangning mutlaqo aksi va interyer dizaynidagi mutlaqo boshqa maqsadlar. U hayotiy kuch bilan quvvatlash, shuningdek, avitaminozdan qutqarish uchun yaratilgan. Agar ixcham interyerlar jonga teggan bo‘lsa, xonani shu rangda bezatishga harakat qiling. Yaxshisi, oshxonadan boshlasangiz bo‘ladi. Qarindoshlaringiz bilan ziyofatlaringiz yanada iliq bo‘lishiga ishonamiz.
To‘yingan zang
Intense Rust – ro‘yxatimizdagi eng hashamatli, ‘‘qimmat’’ rang va odatiy zang bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Aynan uni dizaynerlar ‘‘sokin hashamat’’ va rokoko uslubidagi interyerni bezatishda tanlaydi. Oltin va shokolad rang bilan juda mos keladi. Agar noodatiy biror narsa qilmoqchi bo‘lsangiz, zang rangni kamalak ranglari – ko‘k, binafsha, yashil bilan aralashtiring. Hech bo‘lmaganda mebel yoki mehmonxonadagi bitta devor shunday ko‘rinishida bo‘lsin.
Shirin quchoq
Sweet Embrace – bu 2024 interyerlarining ranglar palitrasidagi deserti. Kul rang-pushti ko‘rinishi bilan xuddi tongdagi bulutlarga o‘xshab yumshoq. Dizaynerlar tinchlantiruvchi va romantik muhit uchun mehmonxona yoki yotoqxonani shu rangda bezatishni maslahat berishadi. Aohida, shuningdek, oq, kulrang va hatto vino rangi bilan uyg‘unlashtirish mumkin.
Stabil kulrang
Sustained Grey eng vazmin va neytral rang, lekin uning katta afzalligi bor – boshqa yorqinroq ranglar bilan mukammal moslik. Undan ‘‘fon’’ sifatida foydalanish mumkin, shundan so‘ng interyerni yorqin mebellar bilan uyg‘unlashtirsa bo‘ladi. Rang barqarorlik, osoyishtalik va xotirjamlik manbai sifatida ko‘rinish beradi.