РУ
O’Z
UZS
/
/
iPhone 17 Pro Maxʼning asosiy xususiyatlari tarmoqqa sizdirildi
13.09.2024

iPhone 17 Pro Maxʼning asosiy xususiyatlari tarmoqqa sizdirildi

iPhone 17 Pro Maxʼning asosiy xususiyatlari tarmoqqa sizdirildi

Apple yangi iPhone 16 Pro/16 Pro Maxʼni taqdim etishga ulgurmay, internetda keyingi avlod qurilmalari — 17 Pro va 17 Pro Max haqida maʼlumotlar paydo boʻla boshladi.

iPhone 17/17 Pro seriyasining barcha toʻrtta smartfoni 24 megapiksellik old kameraga ega boʻladi - bu haqda taniqli insayderlar Ming-Chi Kuo va Jeff Pu xabar bermoqda. Taqqoslash uchun, “oʻn oltinchi” modellarning toʻrttasida 12 megapiksellik selfi modullar oʻrnatilgan.

iPhone 17 Pro Max uchun 48 megapiksellik telefoto kamera. Appleʼning hozirgi flagmanlari (15 ProMax/16 Pro) 12 megapiksellik “telefoto” kamera bilan jihozlangan. Bunday yangilanish 17 Pro Max uchun allaqachon aniq rejalashtirilgan, ammo uni oddiy 17 Pro olishi aniq emas (ehtimol, uni iPhone 18 Proʻgacha saqlab qoʻyishadi).

17 Pro Max uchun 12 gigabaytlik tezkor xotira. Bu yaxshilanish ham keyingi yilgi “Pro Max” uchun eksklyuziv deb aytilmoqda — tezkor xotira hajmining oshishi Apple Intelligence funksiyalariga, shuningdek, koʻp vazifalilikka ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda. iPhone 16 Pro Max atigi 8 gigabayt tezkor xotiraga ega.

iPhone 17 Pro Max uchun kichraytirilgan Dynamic Island. Bu yangilik, goʻyoki “Face ID tizimidagi apparat oʻzgarishlari” tufayli faqat seriyaning eng yuqori darajali smartfoniga nasib etadi.

Taxmin qilinayotgan iPhone Air (Plus modelini almashtiruvchi) haqida hali yangi maʼlumot yoʻq. Ammo agar bunday qurilma haqiqatan ham chiqsa, unga yupqaroq va yengilroq korpus, 6,6 dyuymli ekran, standart A19 chipi, oddiy Dynamic Island, Apple tomonidan ishlab chiqilgan 5G modemi, shuningdek, bitta orqa kamera oʻrnatilishi kutilmoqda.