РУ
O’Z
UZS
/
/
iPhoneʼda birinchi marta telefon qoʻngʻiroqlarini diktofonga yozib olish imkoni paydo boʻldi
30.07.2024

iPhoneʼda birinchi marta telefon qoʻngʻiroqlarini diktofonga yozib olish imkoni paydo boʻldi

iPhoneʼda birinchi marta telefon qoʻngʻiroqlarini diktofonga yozib olish imkoni paydo boʻldi

iOS 18.1 operatsion tizimining beta-versiyasida Apple Intelligence sunʼiy intellekti yordamida telefon qoʻngʻiroqlarini diktofon orqali yozib olish funksiyasi ishlay boshladi. Intellekt suhbat audiosini matn koʻrinishiga ham keltira oladi.

 

Yangi operatsion tizimni oʻrnatgan foydalanuvchilar qoʻngʻiroq ekranining chap burchagida yozib olish tugmasini koʻrishi mumkin. Bu tugma bosilgach, suhbatdoshga qoʻngʻiroq yozib olinayotgani haqida ogohlantirish yuboriladi.

Yozib olingan suhbat Notes ilovasida saqlanadi. Foydalanuvchilar yozuvni ochishi va tinglashi, shuningdek, AI tomonidan yaratilgan toʻliq transkript yoki konspektni koʻrishi mumkin. Umuman olganda, audioni matnga aylantirish funksiyasi barcha turdagi ilovalarda ishlaydi.

Hozirda Apple Intelligence AI xususiyatlari faqat iOS 18.1, iPadOS 18.1 va macOS Sequoia 15.1 ishlab chiquvchi beta versiyalarida mavjud. Barcha foydalanuvchilar uchun toʻliq yangilanish kuzda boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bu katta ehtimol bilan yangi taqdimotdan keyin amalga oshiriladi.