/
/
iPhoneʼning 2024-yilgi eng yomon modellari nomi maʼlum boʻldi
31.07.2024

iPhoneʼning 2024-yilgi eng yomon modellari nomi maʼlum boʻldi

Roʻyxatdan iPhone SE, 11 va 14 modellari oʻrin olgan. Mutaxassislar bu smartfonlar oʻrniga muqobil variantlarni taklif etgan.

iPhoneʼning 2024-yilgi eng yomon modellari nomi maʼlum boʻldi

“Palach” portali muharrirlari 2024-yilda sotib olish tavsiya etilmaydigan iPhoneʼning uchta eng yomon modelini maʼlum qildi.

Roʻyxat barcha Apple smartfonlari orasida eng keng tarqalgan modellardan biri iPhone 11 bilan ochiladi. Hozirda bu model 6 million soʻmga sotilmoqda, ammo mutaxassislar gadjet puliga arzimaydi deb hisoblaydi.

Hammasiga sabab qalin ekranlardir. Shuningdek, bu smartfon atigi 64 GB ichki xotiraga ega. Kameralar ham biroz eskirgan. Bundan tashqari, iOS 18 ushbu model uchun eng soʻnggi yangilanish boʻlishi mumkin.

Ikkinchi oʻrinda eskirgan dizayndagi, bittagina kameraga ega va juda past batareya quvvati bilan ishlovchi iPhone SE smartfoni turibdi. Ixcham smartfonga ega boʻlishni xohlovchi foydalanuvchilarga iPhone 13 mini xarid qilish tavsiya etilmoqda.

Roʻyxat iPhone 14 bilan yakunlanadi, u avvalgisidan deyarli farq qilmaydi, lekin qimmatroq. Shuning uchun mutaxassislar ortiqcha pul toʻlamaslikni va bu holatda iPhone 13ʼni olishni maslahat berishadi.