РУ
O’Z
UZS
/
/
Ish kunlarida ob-havo: Harorat yana koʻtariladi
19.08.2024

Ish kunlarida ob-havo: Harorat yana koʻtariladi

Ish kunlarida ob-havo: Harorat yana koʻtariladi

19-avgustdan havo harorati asta-sekin koʻtariladi. Kunduzi havo +30…+35, baʼzi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

19-avgust, dushanbadan boshlab salqin havo respublika hududidan chekina boshlaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Dam olish kunlarida Oʻzbekiston hududiga salqin havo kirib keldi. Oʻtgan haftada kuzatilgan kuchli issiqdan soʻng respublika hududining katta qismida harorat 8−10 darajagacha pasaydi.

Hafta boshidan havo harorati asta-sekin koʻtariladi, lekin ish haftasining oxirigacha nisbatan qulay boʻladi. Kunduz kunlari havo +30…+35 darajagacha, baʼzi joylarda +37 darajagacha isiydi.

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo kam bulutli boʻladi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +18…+21, kunduz kunlari +32…+35 daraja boʻladi.