/
/
Jah Khalib, Jony va Inna Andijondagi musiqiy festivalda chiqish qiladi
11.07.2024

Jah Khalib, Jony va Inna Andijondagi musiqiy festivalda chiqish qiladi

Xonobod shahrida  “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boʻlib oʻtadi. Ochilish marosimida Oʻzbekiston va dunyo estradasi yulduzlari tomonidan konsert dasturlari va chiqishlar namoyish etiladi.

Jah Khalib, Jony va Inna Andijondagi musiqiy festivalda chiqish qiladi

Andijonda 29−31-iyul kunlari anʼanaviy II “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boʻlib oʻtadi.

Bu yilgi tadbirning ochilish marosimi 29-iyul kuni Xonobod shahridagi istirohat bogʻida boʻlib oʻtadi. Marosimda Oʻzbekiston va dunyo estradasi yulduzlari tomonidan konsert dasturlari va chiqishlar namoyish etiladi.

Xususan, ochilish marosimida Hamdam Sobirov, Yulduz Usmonova, Dianella (Qozogʻiston) va Jah Khalib (Qozogʻiston) ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tadbirning 2-kuni, 30-iyulda gala-konsert oʻtkazilishi koʻzda tutilgan boʻlib, unda mashhur xonandalar Shohruxxon, Megan (Belgiya) va Jony (Ozarbayjon) oʻz chiqishlari bilan festival mehmonlarining diqqat markazida boʻladi.

31-iyul kuni festivalni yakunlash tadbiri va gala-konsertlar boʻlib oʻtadi. Ushbu dasturda festival mehmonlari Rayxon, “Dj Sukhbir” (Hindiston) hamda jahon yulduzi Inna (Ruminiya) ishtirokidagi musiqiy chiqishlar qiladi.

Bundan tashqari, xalqaro tadbir doirasida Xonobod shahri boʻylab koʻrgazmalar va madaniy dasturlar tashkil etiladi. Jumladan, festivalning har kunida madaniy-maʼrifiy chiqishlar, teatrlar hamda viloyatdagi mohir oshpazlarning mahorati namoyon etilgan koʻrgazmalar mehmonlarga havola etiladi. Shahar boʻylab sayohat qilish istagida boʻlgan mehmonlar uchun havo shari xizmati tashkil etilgan.