РУ
O’Z
UZS
/
/
Jahon banki Oʻzbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
04.10.2024

Jahon banki Oʻzbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Oʻzbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi

Mablagʻlar mamlakatda xususiy sektor, ijtimoiy himoya va iqlim oʻzgarishiga tayyorlik tizimini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Jahon banki direktorlar kengashi Oʻzbekistondagi islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar moliyaviy paketi ajratishni tasdiqladi.

Hukumatning Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi quyidagi qoʻshimcha chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

  • mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
  • qishloq xoʻjaligi, temir yoʻl va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish;
    davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish;
  • ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • mamlakatning atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlarga tayyorligini oshirish.

Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 800 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ushbu mablagʻlar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud boʻlgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi.