Janob Rasul: biografiya, shaxsiy hayot va eng yaxshi xitlar. U qanday qilib millionlar sevimlisiga aylandi?
Janob Rasul o‘zbek estradasining eng yorqin ijrochilaridan biridir. Yulduzning karyerasi nimadan boshlangan, u qanday qilib millionlab qalblarni zabt etgan va shaxsiy hayoti eshiklari ortida nima yashiringan — bizning maqoladan izlang.
Janob Rasul o‘zi kim?
Janob Rasul — mashhur o‘zbek ijrochisi, shoir va bastakor. 1985-yil 20-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahrida tug‘ilgan. Burj belgisi o’qotar.
Janob Rasul — bolalik davri va faoliyatining boshlanishi
Rasulning bolalik yillari haqida ma’lumotlar uncha ko‘p emas. U katta va ahil oilada o‘sib-ulg‘aygani, doimo aka-uka va opa-singillari bilan yaqin bo‘lgani ma’lum. Musiqa maktabini tugatgan, u yerda milliy cholg‘u asbob — dutorni chalishni o‘rgangan. Shuningdek, zarbli cholg‘ularni ham chala oladi.
Janobning ijodiy yo‘li 2000-yillarda, musiqiy guruhlarning kontsertlarida ishtirok etishidan boshlangan. Keyinchalik u respublika bo‘ylab gastrollarga chiqish orqali musiqa muxlislari orasida tanila boshladi.
2015-yilda Janob Rasul taniqli o‘zbek aranjirovkachisi Farrux Badalbayev bilan shartnoma imzoladi. Shu yili u RizaNovaUz musiqa studiyasi ostida bir nechta qo‘shiqlarini chiqardi.
Janob Rasul — birinchi muvaffaqiyat
Rasulga haqiqiy shuhrat 2017-yilda «Yomon» qo‘shig‘i va videoklipi chiqgandan so‘ng keldi. Qo‘shiq tinglashlar bo‘yicha rekordlarni yangiladi, videoklip esa birinchi yilning o‘zidayoq 17 million marta ko‘rildi.
Biroq Rasulning eng mashhur videoklipi 2019-yilda chiqargan «Yomonsan» hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, uni YouTubeda 53 million foydalanuvchi tomosha qilgan.
Janob Rasulning har bir videoklipini kichik filmga qiyoslash mumkin: dramatik syujetlar, muhabbat va sadoqat mavzulari, shuningdek, formatlar bilan o‘ynash. Masalan, muxlislar «Super» qo‘shig‘i videosidagi disko uslubini, shuningdek, 2023-yildagi «Birinchi muhabbat» qo‘shig‘i videoklipining kinematografik xususiyatlarini yuqori baholadilar.
Janob Rasul — shaxsiy hayoti
U o‘zining shaxsiy hayoti haqida gapirishni xush ko‘rmaydi va jurnalistlarning bu mavzudagi savollariga javob berishdan o‘zini olib qochadi. U «Baxt sukunatda» degan tamoyilga amal qiladi. Musiqachi o‘zining Instagram sahifasida shaxsiy suratlarini umuman joylashtirmaydi, shu sababli hammaning xayolida uning juftligi bor yoki yo‘qligi haqida savollar tug‘iladi.
Janob Rasul — xayriya ishlari
Musiqa sohasidagi faoliyatidan tashqari, Rasul xayriya loyihalarida ham faol qatnashadi. U bepul konsertlar uyushtiradi, yosh vokalchilarga saboq beradi, shuningdek, kasallikka chalingan bolalarga yordam berish maqsadida mablag‘ yig‘ish tadbirlarida ishtirok etadi.
Janob Rasul hozirda
Bugungi kunga kelib, xonanda yangi treklarni yozib olish, eksperimental shakllarda kliplar chiqarish, shuningdek, gastrol safarini amalga oshirishni rejalashtirgan. Zero, Rasulning konserti vatandagi va xorijdagi muxlislar uchun eng yaxshi tuhfadir.
Janob Rasulning hayoti va ijodini Instagram va Telegramda hayotini kuzatib borish qulayroq. Ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilar soni 2 million kishini, messenjerda esa 10 mingga yaqin kishini tashkil etadi. Musiqachi o‘zining shaxsiy sahifalarida qiziqarli va foydali videolarni e’lon qiladi, shuningdek, chiqishlar jadvali bilan o’rtoqlashadi.