/
/
“Jirkanch kamina 4” multfilmi 500 mln dollardan ortiq daromad keltirdi
22.07.2024

“Jirkanch kamina 4” multfilmi 500 mln dollardan ortiq daromad keltirdi

Ushbu multfilm Oʻzbekiston kinoteatrlarida oʻzbek tilida ham namoyish etilgandi. Kartina hozirgacha oʻz tomoshabinlarini yoʻqotmasdan, teatrlarni toʻldirmoqda.

“Jirkanch kamina 4” multfilmi 500 mln dollardan ortiq daromad keltirdi

“Jirkanch kamina” turkumidagi toʻrtinchi film jahon prokatida 500 million dollarlik chegaradan oshdi.

Shimoliy Amerikada yovuz odam Gryu va uning oilasi haqidagi multfilm 315 million dollar daromad keltirdi. Jahon prokatida esa 259,4 million dollar foyda olib keldi.

Ilgari “Jirkanch kamina” jahon prokatida 5 milliard dollar yigʻgan tarixdagi birinchi animatsion franshizaga aylangandi. Bunda “Minionlar”ning ikki qismi (2015, 2022) natijalari ham hisobga olingan.