/
/
“Jon Uik” serial koʻrinishidagi sikvelga ega boʻladi
06.08.2024

“Jon Uik” serial koʻrinishidagi sikvelga ega boʻladi

Lionsgate Television kompaniyasi “Jon Uik” franshizasi uchun serial suratga oladi. Loyiha “Jon Uik: Baland stol ostida” deb nomlanadi. Kompaniya serialga parallel ravishda filmning beshinchi qismi ustida ishlamoqda.

“Jon Uik” serial koʻrinishiga sikvelga ega boʻladi

Lionsgate Television kompaniyasi “Jon Uik” franshizasi uchun serial suratga oladi. Loyiha “Jon Uik: Baland stol ostida” deb nomlanadi.

Syujet toʻrtinchi film voqealaridan keyin sodir boʻladi. OAV maʼlumotlariga koʻra, bosh aktyor Kianu Rivz shouda qatnashmaydi.

Aktyor franshiza yaratuvchisi Ched Staxelski bilan birga loyihaga prodyuserlik qiladi, u ham “Stol”ning pilot epizodini boshqaradi.

Serialda kulrang jinoyat olamining tanish qahramonlari ishtirok etadi. Loyiha yaratuvchisi Robert Livayn ("Qariya) hisoblanadi.

“Jon Uik” 2014-yilda ekranlarga chiqqan va jahon prokatida 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. Lionsgate serialga parallel ravishda filmning beshinchi qismi ustida ishlamoqda.