РУ
O’Z
UZS
/
/
Jshshir: bu nima, qanday aniqlash va nima uchun kerak
01.11.2024 (yangilandi 01.11.2024)

Jshshir: bu nima, qanday aniqlash va nima uchun kerak

JSHSHIRni qanday aniqlash mumkin?
Muallif
Leyla Li

JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. ICAO xalqaro standartining talablariga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarolari pasportlarida va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarur.

JSHSHIR (PINFL) quyidagi tartibda joylashtirilgan 14 ta raqamdan iborat ketma-ketlikdir:

Raqamli kodning o‘ziga xosligi va murakkabligi identifikatorni qalbakilikdan va firibgarlardan himoya qilishga xizmat qiladi.

2021-yil 1-iyuldan boshlab JSHSHIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroni shaxsi haqida ma’lumot beruvchi yagona identifikatorga aylandi.

Soliq to‘lovchilar ham shu kundan boshlab o‘zlarining JSHSHIR raqamidan foydalangan holda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Bank, ijtimoiy xizmatlar, uyali aloqa operatorlarida ro‘yxatdan o‘tish ham JSHSHIR bilan amalga oshiriladi. Shunday ekan, hozir O‘zbekistonda hayotni JSHSHIRsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu fuqarolarga ham, mamlakatda yashovchi chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham aloqador.

Hujjatlarni o‘zgartirgandan keyin ham raqam o‘zgarishsiz qolishi muhimdir. U butun umr davomida amal qiladi va odam o‘lganidan keyin arxivga o‘tadi.

JSHSHIRni pasport bo‘yicha qanday bilish mumkin

  1. Uni aniqlash uchun biometrik pasportingizga qarash kifoya. Asosiy sahifaning pastki qismida 14 ta raqamni ko‘rasiz. Bu sizning identifikatsiya raqamingizdir. Shuningdek, u ID kartasida ham yoziladi.
  2. O‘zbekiston fuqarolari bu haqdagi ma’lumotni elektron soliq xizmatlari veb-saytida ham ko‘rishi mumkin. Buning uchun pasportingiz seriyasi va raqamini, shuningdek, tug‘ilgan kuningizni kiritishingiz kerak. Agar soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni masofadan turib ham amalga oshirish mumkin.

 Bosqichma-bosqich ko’rsatma:

  • “Barcha xizmatlar’’ bo’limiga o‘ting;
  • “Shaxsiy identifikatsiya’’ oynasini toping va “INNni bilish’’ tugmasini bosing;
  • Pasport ma’lumotlarini kiriting va hujjat turini tanlang;
  • “Qidirish’’ tugmasini bosing;
  • Shundan so‘ng sizning INN va JSHSHIR ma’lumotlaringiz paydo bo‘ladi, shuningdek, berilgan sana va ro‘yxatdan o‘tgan joy ko‘rsatiladi.
  • Ma’lumot varag‘ini yuklab olishingiz va chop etishingiz mumkin.

ID-kartadagi JSHSHIR

O‘zbekiston fuqarosining (yoki yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosining) JSHSHIR ID-kartasida quyidagilarni topish mumkin:

1. ID-kartaning old tomonida. JSHSHIR odatda surat va ism ostida ko‘rsatiladi. U 14 ta raqamdan iborat.

2. Raqamli formatda. Agar sizda ID-kartaning elektron versiyasi yoki davlat xizmatlari portaliga kirish imkoniyati bo‘lsa, JSHSHIRni shaxsiy kabinetdan ham topishingiz mumkin.

Xorijlikka JSHSHIRni qayerdan olish mumkin?

Agar siz chet ellik bo‘lsangiz va JSHSHIR olishni xohlasangiz, u holda avval zarur hujjatlarni tayyorlashingiz lozim bo‘ladi. Bu vizali pasport (agar talab qilinsa) va mamlakatga kirishingizda olgan migratsiya kartangizdir.

So‘ngra eng yaqin soliq inspeksiyasi bo‘limiga boring. O‘zbekistonda JSHSHIRni berish bilan Davlat soliq qo‘mitasi shug‘ullanadi. Qaysi shaharda bo‘lishingizdan qat’i nazar, soliq idorasining istalgan ofislaridan biriga tashrif buyurishingiz mumkin.

Joyida sizga arizani to‘ldirish uchun shakl taqdim etiladi. Odatda o‘zingizning passport ma’lumotlaringiz va muloqot uchun ma’lumotlarni ko‘rsatishingiz kerak

Ariza topshirilgandan so‘ng JSHSHIR odatda joyida yoki bir necha kun ichida beriladi. Sizga raqamni elektron pochta orqali yuborishlari yoki qog‘oz shaklida berishlari mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston soliq xizmati rasmiy sayti orqali ham onlayn ariza berish mumkin, ammo buning uchun mahalliy maslahatchi yoki yuristning yordami kerak bo‘lishi mumkin, chunki interfeys faqat o‘zbek tilida bo‘ladi.

JSHSHIRni olish juda oddiy jarayon va ko‘pincha sizga taklif qiladigan mehmonxonalar, yirik tashkilotlar yoki kompaniyalarda yordam berishlari mumkin.

Agar JSHSHIR masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazaning barcha tafsilotlari bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, quyida qonun hujjatlari ro‘yxati keltirilgan.

  • O‘zbekiston respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi 701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuni.
  • O‘zbekiston prezidentining 07.06.2021 yildagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli farmoni.
  • O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi PF-5984-sonli farmoni
  • O‘zbekiston prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli farmoniga 2-ilova. “Xorijiy shaxsga O‘zbekiston respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnoma va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risida’’gi nizom.
  • O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini yanada soddalashtirish hamda fuqarolarga pensiya va nafaqalar berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5102-sonli qarori.
  • O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini yanada soddalashtirish, fuqarolarga pensiya va nafaqalar berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5102-sonli qarori.
  • O‘zbekiston prezidentining 08.04.2020 yildagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-sonli qarori.
  • O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarori
  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi “Aholiga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 679-sonli qarori.
  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston respublikasida ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 593-sonli qarori.
  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 09.04.2020-yildagi 539-sonli “O‘z faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi qarori.
  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga 1-ilova “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida”gi nizom.
  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017 yildagi “O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi ‘Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida’gi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-sonli qarori.
  • O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-maydagi “O‘zbekiston respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori.
  • O‘zbekiston Davlat bojxona qo'mitasining  2021-yil 19-iyuldagi “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida’’gi 27773-6-sonli qarori.