РУ
O’Z
UZS
/
/
JSST maymunchechakni xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb eʼlon qildi
15.08.2024

JSST maymunchechakni xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb eʼlon qildi

JSST maymunchechak boʻyicha bayonot berdi

Tashkilot favqulodda vaziyatlar uchun 1,5 million dollar ajratgan va yaqin kunlarda koʻproq mablagʻ jalb etish rejalashtirilmoqda. JSSTning javob rejasi 15 million dollarni talab qiladi va idora moliyalashtirish uchun donorlarga murojaat qilishni koʻrib chiqmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymunchechak virusini ikki yil ichida ikkinchi marta “xalqaro tashvishga molik favqulodda holat” deb eʼlon qildi.

Bayonot Kongo Demokratik Respublikasi va qoʻshni mamlakatlarda virusli infeksiya avj olgan bir paytda yangradi, deya qayd etadi Reuters agentligi muharrirlari.

JSST birinchi marta 2022-yil iyul oyida maymunchechakni “xalqaro tashvishga sabab boʻlgan favqulodda holat” deb eʼlon qilgandi. Oradan ikki yil oʻtib kasallik yana rivojlanmoqda.