Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Kalmar oʻyini” yangi mavsumi tizeri eʼlon qilindi: premyera 26-dekabrda boʻladi
20.09.2024

“Kalmar oʻyini” yangi mavsumi tizeri eʼlon qilindi: premyera 26-dekabrda boʻladi

“Kalmar oʻyini” yangi mavsumi tizeri eʼlon qilindi: premyera 26-dekabrda boʻladi

Netflix “Kalmar oʻyini” serialining yangi mavsumiga oid tizerni taqdim etdi. Son Gi-xun (456-raqamli oʻyinchi) bosh roliga “Emmi” mukofoti sovrindori Li Jon-dje qaytdi. Shuningdek, videoda yangi ishtirokchilarni koʻrish mumkin, biroq ularning yuzlari koʻrsatilmagan.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Netflix “Kalmar oʻyini” serialining davomiga oid tizerni namoyish qildi.

Videorolik Netflixʼning rasmiy YouTube kanalida eʼlon qilingan boʻlib, bir daqiqadan kamroq davom etadi. Unda birinchi mavsumning bosh qahramoni, 456-raqamli oʻyinchi, hayot-mamot musobaqasidan omon qolgan holda, yana katta miqdordagi pul uchun kurashib, voqealar markaziga tushib qolishi haqida hikoya qilinadi.

Bu rolni mashhur janubiy koreyalik aktyor Li Djon-dje ijro etishda davom etmoqda. Shuningdek, videoda yangi ishtirokchilarni koʻrish mumkin, ammo ularning yuzlari koʻrsatilmagan va asosiy eʼtibor 456-raqamli oʻyinchiga qaratilgan. “Emmi” mukofoti sohibi Li Djon-dje oʻzining Son Gi-xun (456-raqamli oʻyinchi) bosh roliga qaytmoqda.

Ikkinchi mavsum premyerasi Netflixʼda 2024-yil 26-dekabrda boʻlib oʻtadi. Syujet tafsilotlari hozircha maʼlum qilinmagan. Yakuniy uchinchi mavsum 2025-yilda chiqishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mashhur loyihaning birinchi mavsumi 2021-yilda efirga uzatilgan edi. Hayot-mamot oʻyinlari tez orada dunyoning koʻplab mamlakatlarida shuhrat qozondi va serialning Janubiy Koreyalik bosh qahramonlari jahon miqyosida tanildi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.