/
/
“Kalmar oʻyini”ning uchinchi mavsumi ham suratga olinadi
01.08.2024

“Kalmar oʻyini”ning uchinchi mavsumi ham suratga olinadi

“Kalmar oʻyini” seriali 2021-yil sentyabr oyida namoyish etilgan. Kartina Netflix tarixidagi eng mashhur loyihaga aylangan. Ikkinchi fasl joriy yilning 26-dekabr kuni premyera qilinadi.

Netflix “Kalmar oʻyini” serialining yakuniy uchinchi mavsumini ishlash uchun buyurtma berdi. Ushbu mavsum 2025-yilda striming xizmatida chiqariladi.

“Kalmar oʻyini” seriali 2021-yil sentyabr oyida namoyish etilgan. Kartina Netflix tarixidagi eng mashhur loyihaga aylangan. Ikkinchi fasl joriy yilning 26-dekabr kuni premyera qilinadi.

Serial syujetiga koʻra, ishtirokchilar katta miqdordagi pul mukofoti uchun kurashadi. Ammo qoidalar shafqatsiz, mukofotni bir kishi oladi, qolganlar halok boʻladi. Yangi faslda bosh qahramon oʻyin tashkilotchilarining kirdikorlarini fosh qilishi kutilmoqda.