верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Keyt Uinslet Hulu va A24ʼning yangi serialida rol oʻynaydi
28.08.2024

Keyt Uinslet Hulu va A24ʼning yangi serialida rol oʻynaydi

Keyt Uinslet Hulu va A24ʼning yangi serialida rol oʻynaydi

 Keyt Uinslet yangi “Joy” loyihasida bosh rolni ijro etadi. Mini-serial Hulu striming xizmatida chiqariladi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Oskar va Emmi mukofotlari sovrindori Keyt Uinslet yangi “Joy” loyihasida bosh rolni ijro etadi. Mini-serial Hulu striming xizmatida chiqariladi, deb xabar beradi Deadline.

Shou A24 studiyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Uinslet oʻz mashinasida tasodifan bolani urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan muvaffaqiyatli neyroxirurg rolini oʻynaydi. Qahramonning eri bilan munosabatlari ham yomonlashadi.

“Joy” muallifi — Ed Solomon (“Qora kiygan odamlar”, “Yopiq doira”). Uinslet ham serialni ishlab chiqarishda ishtirok etadi. U yaqinda HBO telekanalining “Rejim” filmida suratga tushgandi. Kuzda Uinsletni “Li” biopikida koʻrish mumkin.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.