РУ
O’Z
UZS
/
/
Kia va Hyundai tovar belgisidan noqonuniy foydalanilishi yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat qildi
31.07.2024

Kia va Hyundai tovar belgisidan noqonuniy foydalanilishi yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat qildi

Kia va Hyundai Adliya vazirligiga murojaat qildi

“Farhod” avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari bozorida belgilangan tartibda oʻrganilganda, fuqarolar A.S.B va R.D.Sh Hyundai va Kia tovar belgilari bilan bir xil boʻlgan Hyundai va Kia nomidan foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Toshkent shahridagi “Farhod” bozorida Hyundai va Kia nomi ostidagi kontrafakt mahsulotlar sotuviga chek qoʻyildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka “Hyundai Motor Comapany” va “Kia Corporation” kompaniyalariga tegishli boʻlgan Hyundai va Kia tovar belgilaridan fuqaro A.S.B. va R.D.Sh tomonlaridan huquq egasining roziligisiz foydalanayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan.

Shunga koʻra, Toshkent shahridagi “Farhod” avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari bozorida belgilangan tartibda oʻrganilganda, fuqarolar A.S.B va R.D.Sh Hyundai va Kia tovar belgilari bilan bir xil boʻlgan Hyundai va Kia nomidan foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Holat boʻyicha fuqarolarga nisbatan MJtKning 177-moddasi (Oʻzganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga koʻra huquqbuzarlarga nisbatan 5,1 mln soʻm jarima jazolari tayinlandi.