/
/
Kichik Robert Dauni Marvel loyihalari orqali qancha mablagʻ ishlab topgani maʼlum boʻldi
31.07.2024

Kichik Robert Dauni Marvel loyihalari orqali qancha mablagʻ ishlab topgani maʼlum boʻldi

Kichik Robert Dauni Toni Stark personajini 10 ta filmda gavdalantirgan. Temir odam qahramoni “Qasoskorlar”ning toʻrt qismi, uchta personal loyiha, shuningdek,  “Oʻrgimchak odam: Uyga qaytish”, “Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi” va “Ajoyib Xalk” filmlarida qatnashgan.

Kichik Robert Dauni Marvel loyihalari orqali qancha mablagʻ ishlab topgani maʼlum boʻldi

Variety nashri kichik Robert Dauni Marvel kino olamidagi rollari ortidan qancha pul ishlab topganini aniqladi. Aktyor temir odam roli bilan muxlislarga yaxshi tanish hisoblanadi.

Nashrga koʻra, ijodkor 2008-yildan 2019-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida 500-600 million dollar ishlab topgan. U tasvirga olish vaqtida shaxsiy samolyot, qoʻriqchilar va alohida treylerga ega boʻlgan.

Kichik Robert Dauni Toni Stark personajini 10 ta filmda gavdalantirgan. Temir odam qahramoni “Qasoskorlar”ning toʻrt qismi, uchta personal loyiha, shuningdek,  “Oʻrgimchak odam: Uyga qaytish”, “Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi” va “Ajoyib Xalk” filmlarida qatnashgan.

Oʻtgan haftada Dauni Marvelʼga qaytib, “Qasoskorlar” filmining beshinchi va oltinchi qismlarida yovuz Doktor Dum rolini oʻynashi maʼlum boʻldi. Rejissyorlar “Abadiyat jangi” va “Yakun” filmlarini suratga olgan Jo va Entoni Russo boʻladi. Manbalarga koʻra, ularga 80 million dollar toʻlanadi, kichik Dauni shartnomasi Disney studiyasiga “sezilarli darajada kattaroq” mablagʻga tushgan.