Kichkina oshxonani jihozlash bo‘yicha 20 ta g‘oya
Kichkina oshxona – idish yuvish mashinasi va sevimli idishlar to‘plamini ota-onangizni uyiga yuborish uchun sabab bo‘la olmaydi. Shunchaki, kichkina oshxonangizning barcha joyini to‘g‘ri tashkillashtirishga vaqt ajratshingizning o‘zi kifoya. Ana shunday kichik oshxona sohiblari uchun oshxona dizaynini buzmagan holda narsalarni saqlash bo‘yicha eng kerakli g‘oyalarni to‘pladik.
Gorizontal emas, vertikal holatda joylang
Kichik oshxona haqida gap ketganda, narsalarni vertikal holatda saqlash – eng yaxshi fikr deb hisoblanadi. Buni sinab ko‘ring, shunda ancha ko‘proq narsa joylashtirishga muvaffaq bo‘lasiz.
Yuvish vositalarini yashirish
Oshxona shkafi ichidagi tortib chiqariladigan savatlar yuvish vositalari, shuningdek, gubkalar va lattalar uchun ajoyib "seyf" bo‘ladi va o‘zining yoqimsiz ko‘rinishi bilan kayfiyatingizni buzmaydi.
Ziravorlar ham o‘z joyini bilishi kerak
Turli bankachalarni saqlash uchun maxsus modullar oshxonani “aqlli” va keng qilishga yordam beradi. U yerda sevimli ziravorlaringiz, shuningdek, pishirish kukunlari: razrixlitel, qandolat kukuni va boshqalarni joylashtirish uchun juda ham qulay hisoblanadi.
Tortmalar yuqoriga!
To‘rli yoki boshqa javonlar (yoki savatlar) o‘simlik yog‘i va ziravorlarni saqlash uchun ajoyib joy bo‘ladi. Istasangiz ularda meva va sabzavotlar ham qo‘yish mumkin.
Kostryulkalar va pichoqlar ko‘rgazmasi
Agar shkaflaringiz kostryulkalar va tovalarga to‘lgan bo‘lsa, unda ularni gaz plitasiga yaqin devor paneliga osib qo‘yishni taklif qilamiz. Shunday tazda pichoqlarni ham ilib qo‘yishingiz mumkin.
Idishlarni saf torttiring
Oshxona tortmalari ichiga osongina sig‘adigan maxsus idish-tovoq tokchalarini qo‘ying. Bunday qulay usul bilan siz o‘zingizni vaqtingizni tejaysiz, kerakli idishlar esa doim o‘z joyida bo‘ladi!
Qopqoqlar uchun “qopqon”
Katta idish qopqoqlarini maxsus panjaralarda mahkamlab saqlash mumkin. Ularni oshxonangizdagi har qanday bo‘sh devorga mahkamlang – ishonavering, bu juda ham qulay!
Nostandart non qutisi
Agar siz buyurtma asosida oshxona jihozlarini tayyorlayotgan bo‘lsangiz, unda shkaf ichidan tortib olinadigan non qutisini yasashlarini so‘rang. Shu tarzda siz stol ustida ortiqcha narsalar turmasligiga va original non qutisiga erishasiz.
Quruq oziq-ovqat mahsulotlari uchun maxsus joy
Kichkina oshxonadagi shkaflar ichida nafaqat idish-tovoqlar, balki makaron va donli mahsulotlar qutisini ham saqlashingiz mumkin. Buning uchun shkaf eshigining ichki qismiga maxsus panjaralarni mahkamlab qo‘ying.
Pergament, folga va sochiqlar uchun “garderob”
Tortmalarning uzoq burchagidan pergament qog‘ozi, folga yoki qog‘ozli salfetkalarni olish uchun cho‘zilmaslik uchun “aksessuarlar”ni oshxona devoriga mahkamlangan ilgich yoki veshalkalarga osib qo‘ying.
Idishlarni nazorat ostida saqlang
Shkaflaringizda bo‘sh joy yo‘q, ammo yangi stakanlar xarid qilmochimisiz? Javonlarning “shifti”ga ilgakli moslamalarni o’rnatib, krujkalar, stakanlar va hatto bokallarni ham osib qo‘yishingiz mumkin.
Qush parvozi balandligida
Oshxonadagi shkafning eng yuqori qismida esa faqat mehmonlar kelganda ishlatiladigan idish-tovoqlarni qo‘yishingiz mumkin.
Mini sovutgich – ajoyib g‘oya
Kichik oshxonada – kichik sovutgich! Uni tartibli saqlash uchun esa oziq-ovqatlarni saqlash uchun bir nechta plastik yoki shisha konteynerlarni sotib oling. Shunda sovutgichning ichi qulay, toza va endi kolbasa tvorog yonida qolib ketishi haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi.
Deraza tokchasidan ham unumli foydalaning
Undan ish yoki ovqatlanish joyi sifatida foydalaning. Bunday g‘oya juda tor va kichik, hatto stol ham sig‘maydigan oshxonalar uchun ayni muddao! Agar deraza tokchasi baland bo‘lsa, yoniga bar stullarini ham o‘rnatishingiz mumkin.
Faqat ushlatiladigan texnika
Buvingizdan qolgan non pechi yoki qadimiy qahva maydalagichni ishlatasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa, oshxonada faqat eng kerakli va tez-tez ishlatiladigan texnikani qoldiring. Qisqasi: foydalanmaydigan hamma narsalarni ko‘zdan yiroqlashtiring!
Me’yor bilan bezating
Devordagi bir qancha rasmlar va fotosuratlar, shuningdek, shiftda osilgan ulkan hajmli qandil oshxonangizdagi barcha bo‘sh joylarni “yutib yuboradi” va uni vizual ravishda kichiklashtiradi. Shuning uchun bezaklar ozgina va sozgina bo‘lgani yaxshi!
Mikroto‘lqinli pechni ham tokchaga qo‘ying
Kichkina oshxonada ba’zan nafaqat uy a’zolari, balki mikroto‘lqinli pech uchun ham joy topilmay qoladi. Ammo bu vaziyatdan ham chiqishning yo‘li bor: maxsus temirli tokchalarni devorga o‘rnating va SV pechini joylang.
Olib ketiladigan stol
Agar oshxonangizda ishlash joyi kamlik qilsa, tagida g‘ildiraklari bor stolni kerak bo‘lganda olib kelib, ishlatib bo‘lgandan so‘ng chiqarib qo‘yadigan stoldan foydalanganingiz ma’qul.
Yarimtalik stol
Oshxonada joyni tejashning yana bir ajoyib usuli – faqat kerak bo‘lganda chiqariladigan devorga o‘rnatiladigan ixcham yarimtalik-stoldir. Bunday stoldan foydalanish juda qulay, bir deganda tekislab chiqaramiz, ikki deganda yana joylab olib qo‘yamiz.
Yorug‘likni ko‘paytiring
Tor xonalarning dizaynidagi asosiy omillardan biri – to‘g‘ri yoritish. Polgacha tushib turadigan og‘ir pardalar, to‘q rangli tyullar va jalyuzilar haqida unuting. Yorug‘likdan to‘laqonli foydalaning, shunda eng kichik oshxonangiz ham vizual tarzda keng va shinam ko‘rinishga ega bo‘ladi.