РУ
O’Z
UZS
/
/
Kollejlar Oliy taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi
25.09.2024

Kollejlar Oliy taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi

Kollejlar Oliy taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi

Ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.

Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy taʼlimni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi kunda professional taʼlim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari oʻrtasida uzviylik boʻlmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmogʻini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga koʻra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi.

Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.

Zamon talablariga tez moslashishi uchun texnikumlarning akademik mustaqilligini kengaytirish moʻljallanmoqda. Oʻqish muddatlari va davomiyligini kasb murakkabligi va oʻquvchining taʼlim darajasiga qarab belgilanishi koʻzda tutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taʼlim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi. Lavozim va kasblar klassifikatori qayta koʻrib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda boʻlmaganlari chiqarib tashlanadi.