Konor MakGregor 2024-yilda UFCga qaytadi
Konor Maykl Chendlerga qarshi jang qilmoqchi. U ushbu jang 2024-yilda boʻlib oʻtishini tasdiqlagan. Sportchi bu haqda Dana Uayt bilan ham gaplashgan.
Aprel oyida UFC prezidenti Dana Uayt Konor MakGregorning oktagonga qaytishini eʼlon qilgandi. Vanihoyat, jangchining oʻzi bu haqda ijtimoiy tarmoqda maʼlumot berdi.
Bugun Dana bilan yangi sana haqida gaplashdik va hammasi yaxshi! Bu, albatta, 2024-yilda boʻladi — Konor Maykl Chendlerning tvitiga javob berdi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning iyun oyida irlandiyalik sportchi Chendler bilan jang oʻtkazishi kerak edi, biroq u bekor qilingandi. Bunga Makgregorning kichik barmogʻining jarohati sabab boʻlgan.
MakGregor oxirgi marta oktagonga 2021-yilning iyul oyida tushgan va u yerda yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempion Dastin Porye tomonidan magʻlub etilgandi. Birinchi raundning soʻnggi soniyalarida Makgregor qoqilib, chap oyogʻining suyagini sindirgan.