KVN boshlovchisi va rahbari Aleksandr Maslyakov vafot etdi
2022-yilgi Oliy liga mavsumida Maslyakov bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazdi, qolganlarida uni Birinchi kanalning boshqa boshlovchilari almashtirgan.
Moskvada KVN dasturining doimiy boshlovchisi va rahbari hamda “Quvnoq va topqirlar klubi” prezidenti Aleksandr Maslyakov 82 yoshida vafot etdi.
“U KVN harakatining barcha ishtirokchilari va millionlab tomoshabinlar uchun abadiy afsona boʻlib qoldi va qoladi. 1964-yildan beri u KVN dasturini olib borib, Rossiyada va undan tashqarida yumor va satiraning ramziga aylandi”, — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Boshlovchining oʻlimi sababi maʼlum qilinmadi, ammo 2022-yilda koronavirusni qayta boshidan kechirganidan soʻng uning sogʻligʻi sezilarli darajada yomonlashgani va soʻnggi paytlarda oʻpkada operatsiya qilinmaydigan oʻsma tufayli qoʻllab-quvvatlovchi davolanayotgani maʼlum.
2022-yilgi Oliy liga mavsumida Maslyakov bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazdi (qolganlarida uni Birinchi kanalning boshqa boshlovchilari almashtirgan), 2023-yilgi mavsumda — bitta ham, 2024-yil bahorida esa u dastur boshlovchisi lavozimini tark etishini rasman eʼlon qildi.