Lufthansa Oʻzbekistonga aviaqatnovlarini tiklashi mumkin
Yoʻnalish 2001-yil 11-sentyabr hodisalaridan soʻng aviatashuvlarga talab tushib ketgani munosabati bilan yopilgan. Reyslar 2010-yilda qayta tiklangan, biroq tez orada yana toʻxtatilgan.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Germaniya elchisi Manfred Huterer bilan uchrashuvda Lufthansa aviakompaniyasining Oʻzbekistonga qatnovlarini tezda tiklashiga umid bildirdi.
Vazirlik matbuot xizmatiga koʻra, uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq qator masalalarni yuzasidan fikr almashdi.
Germaniyaning transport sohasidagi kompaniyalari Rhenus, Deutsche Bahn, DB Engineering & Consulting, DB Schenker va boshqalar bilan hamkorlik rivojlanib borayotgani alohida taʼkidlab oʻtildi.
Lufthansa 1993-yildan 2001-yilgacha Toshkentdan Frankfurtga doimiy yoʻlovchi reyslarini amalga oshirgan. Yoʻnalish 2001-yil 11-sentyabr hodisalaridan soʻng aviatashuvlarga talab tushib ketgani munosabati bilan yopilgan. Reyslar 2010-yilda qayta tiklangan, biroq tez orada yana toʻxtatilgan.