/
/
Mail.ru Agent messenjeri 21 yillik faoliyatdan soʻng oʻz ishini yakunladi
21.08.2024

Mail.ru Agent messenjeri 21 yillik faoliyatdan soʻng oʻz ishini yakunladi

Mail.ru Agent 2003-yil may oyida rivojlana boshlagan. Dastlab, xizmat kompaniyaning pochta qutilariga kelgan xatlar haqida bildirishnomalarni olish imkonini berardi. Ishga tushirilgandan olti oy oʻtgach, foydalanuvchilarga tezkor xabarlar almashishga ham ruxsat berilgan.

Mail.ru Agent messenjeri 21 yillik faoliyatdan soʻng oʻz ishini yakunladi

2024-yil 20-avgustda 2000-yillarda ayniqsa mashhur boʻlgan Mail.ru Agent messenjeri oʻz faoliyatini yakunladi. Bu haqda xizmatning rasmiy saytida xabar berildi.

Messenjerga egalik qiluvchi VK kompaniyasi endi foydalanuvchilarga muloqot uchun boshqa platformalarga oʻtishni tavsiya qilmoqda. Masalan, VK Messenger xizmatida doʻstlaringiz bilan muloqotni davom ettirishingiz mumkin. VK WorkSpaceʼdan biznes yozishmalari uchun foydalanish mumkin.

Mail.ru Agent 2003-yil may oyida rivojlana boshladi. Dastlab, xizmat kompaniyaning pochta qutilariga kelgan xatlar haqida bildirishnomalarni olish imkonini berardi. Ishga tushirilgandan olti oy oʻtgach, foydalanuvchilarga tezkor xabarlar almashishga ham ruxsat berilgan.