РУ
O’Z
UZS
/
/
Makron Durovga Telegram shtab-kvartirasini Parijga koʻchirishni taklif qilgan
28.08.2024

Makron Durovga Telegram shtab-kvartirasini Parijga koʻchirishni taklif qilgan

Makron Durovga Telegram shtab-kvartirasini Parijga koʻchirishni taklif qilgan

Tadbirkor va siyosatchi oʻrtasidagi uchrashuv tushlik paytida boʻlib oʻtgan, bu haqda avvalroq keng jamoatchilikka xabar berilmagan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2018-yilda Telegram asoschisi Pavel Durovga kompaniya bosh qarorgohini 2018-yilda Parijga koʻchirishni taklif qilgan.

Qayd etilishicha, tadbirkor va siyosatchi oʻrtasidagi uchrashuv tushlik paytida boʻlib oʻtgan, bu haqda avvalroq keng jamoatchilikka xabar berilmagan.

Nashrning yozishicha, Durov oʻz kompaniyasining bosh ofisini Fransiyaga koʻchirishdan bosh tortgan, biroq Fransiya fuqaroligini olishi mumkinligi masalasini koʻtargan.

Qayd etilishicha, hozir Telegram shtab-kvartirasi joylashgan BAAda rasmiylar ushbu ilovada ovozli qoʻngʻiroqlarni bloklamoqda, chunki shifrlangan qoʻngʻiroqlar xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.

Shu bilan birga, jurnalistlar 2017-yilda BAA va Fransiya birgalikda Durovning ilovasidan islomchilar tomonidan foydalanilgani sababli uning iPhoneʼini buzish boʻyicha operatsiya oʻtkazganini eslatdi.