Malayziya telekanali Buxoro haqida hujjatli film suratga oldi
Filmdan Bahouddin Naqshband, Ismoil Somoniy, Ark qalʼasi, Ustoz-shogird miniatyura markazlari va muqaddas qadamjolar oʻrin olgan. Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Malayziya RTM teleijodkorlari Buxoroning ziyorat turizmi salohiyati haqida hujjatli film suratga oldi.
Filmdan Bahouddin Naqshband, Ismoil Somoniy, Ark qalʼasi, Ustoz-shogird miniatyura markazlari va muqaddas qadamjolar oʻrin olgan.
Mazkur hujjatli film 10 qismdan iborat boʻlib, shundan 2 ta qismini Buxoroga ajratdik.
“Chunki biz Buxoroning “Qubattul islom” ekanligidan xabardormiz va, oʻylaymanki, ramazon oyida efirga ketadigan bu film malayziyalik teletomoshabinlarga manzur keladi”, – deydi RTM telekanali prodyusseri Ahmad Fayzal bin Muhammad.
Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.