РУ
O’Z
UZS
/
/
Markaziy Osiyo uchun yagona telekanal yaratilishi rejalashtirilmoqda
10.08.2024

Markaziy Osiyo uchun yagona telekanal yaratilishi rejalashtirilmoqda

Markaziy Osiyo uchun yagona telekanal yaratilishi rejalashtirilmoqda

Markaziy Osiyoda yagona telekanal va mintaqaviy media platforma paydo boʻlishi mumkin. Ostonada boʻlib oʻtgan maslahat uchrashuvida bunday qadamlar axborot xavfsizligini mustahkamlashda saʼy-harakatlarni birlashtirish imkonini berishi maʼlum qilindi.

Ostonada Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yagona telekanal va mintaqaviy media platforma yaratish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maslahat uchrashuvida Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilshod Saidjanov, Qozogʻiston Madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari Kanat Iskakov, Tojikiston Televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasi raisi Nuriddin Said qatnashdi.

Foto: Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, maslahatlashuvda Turkmaniston Televideniye, radio va kinematografiya davlat qoʻmitasi raisi Annasaxet Kakayev va Qirgʻiziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligining xalqaro aloqalar va sarmoyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi Nusubali Jaqipbekov ham ishtirok etgan.

Uchrashuv ishtirokchilari Markaziy Osiyo telekanali va mintaqaviy media platformasini yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga kelishib oldilar. Bunday qadamlar axborot xavfsizligini mustahkamlash va madaniy almashinuvni ragʻbatlantirish borasidagi saʼy-harakatlarimizni birlashtirish imkonini beradi, bu uchrashuv chogʻida taʼkidlangan.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari masalalari boʻyicha vakolatli organlar tomonidan mediasavodxonlikni oshirish va soxta maʼlumotlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari muhokama qilindi.