РУ
O’Z
UZS
/
/
Mars sirtida noodatiy tuzilmalar topildi
18.09.2024

Mars sirtida noodatiy tuzilmalar topildi

Mars sirtida noodatiy tuzilmalar topildi

Bir guruh olimlar gravitatsion anomaliyalar haqidagi maʼlumotlardan foydalanib, Marsning shimoliy tekisliklari ostida sirli tuzilmalarni topdilar. Ular, ehtimol, vulqon faolligi yoki qadimgi meteorit zarbalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Shimoliy qutb qalpogʻi atrofida 20 ga yaqin shunday obyektlar topilgan. Ular atrofdagi poʻstloqdan ancha zichroq — 10-13%, yoki bir kub metr uchun taxminan 300-400 kilogramm. Ularning kattaligi va zichligiga qaramay, sayyora yuzasida bu obyektlarning hech qanday izlari koʻrinmaydi.

Yana bir qiziqarli topilma Quyosh tizimidagi eng baland vulqonlar mintaqasi boʻlgan Forsid viloyatida, shu jumladan ularning eng kattasi boʻlgan Olimpda amalga oshirildi. Ushbu hududdagi vulqonlar oʻzining ulkan oʻlchamlari bilan maʼlum boʻlsada, olimlar ularning ostida past zichlikdagi hududni topishdan hayratda qolishgan. Gravitatsion maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, 1000 kilometrdan ortiq chuqurlikda 1600 kilometrga yaqin zichlik pasaygan zona mavjud.

Bu maʼlumotlar sayyoraning ichkarisidan koʻtarilgan ulkan lava ustunining mavjudligini koʻrsatishi mumkin. Bunday ustun ulkan vulqonlarni hosil qilishi mumkin va eng qizigʻi, bu jarayon hozirgacha davom etishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, Mars vulqon sifatida faol boʻlishi mumkin.

Kashfiyotlar sayyoraning gravitatsion maydonidagi oʻzgarishlarni qayd etuvchi sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlariga asoslangan. Ushbu nozik oʻzgarishlar sirt ostida yashiringan tuzilmalarni aniqlashga imkon beradi. Yangi maʼlumotlar olimlarga Marsning ichki jarayonlarini va uning qadimgi geologik tarixini tushunishga kalit beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Marsning gravitatsion maydonini yanada xaritalash sayyora qaʼrida yashiringan sirlarni yanada koʻproq ochishga yordam beradi.