/
/
Marvelʼda Rosopul personaji paydo boʻlishi mumkin
23.08.2024

Marvelʼda Rosopul personaji paydo boʻlishi mumkin

“Dedpul va Rosomaxa” filmi qahramonlarining gibrid versiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. Rosopul deb nomlanuvchi qahramon qizil kostyumda, gavdasi va yuzi esa Rosomaxaga oʻxshash boʻladi.

Marvelʼda Rosopul personaji paydo boʻlishi mumkin

Aktyor Rayan Reynolds rassom Devid Massonning “Dedpul va Rosomaxa” filmi konsepti boʻyicha yaratilgan personajini eʼlon qildi. Unda Rosopul paydo boʻladi.

Maʼlumotga koʻra, qahramon Dedpul kostyumini va Rosomaxa shaklini oladi. “Aynan shu variant filmda umuman ishlatilmagan”, — deya tasvirga izoh bergan muallifning oʻzi.

Rosopul filmga kiritilmagan birinchi dizayn tajribasi boʻlmagan. Masson, shuningdek, Pankpul deb nomlangan qahramon rasmini ham taqdim etgan. U teridan ishlangan kostyum kiygan, jiddiy qiyofaga ega qahramon boʻlgan.

Iyul oyi oxirida premyera qilingach, “Dedpul va Rosomaxa” filmi butun dunyo boʻylab 1,15 milliard dollar ishlab topdi va barcha davrlarning eng mashhur R-reytingli kinoloyihasiga aylandi. Hozirda u 2024-yilgi kassa reytingida ikkinchi oʻrinda bormoqda.