Maryam Tillayeva oʻzbek qadriyatlari haqida gapirdi
Taniqli bloger Maryam Tillayeva oʻzbekona qadriyatlar haqida fikr bildirib, oʻz qarashlarini tushuntirdi. Inlyuyenser bunday urf-odatlar va mehr-muhabbat qadrlanishi kerakligini taʼkidlagan.
Bloger va tadbirkor Maryam Tillayeva YouTubeʼdagi “180gradusov” loyihasiga bergan intervyusida oʻzbekchilikka xos boʻlgan qadriyatlar haqida fikr bildirdi.
Tillayeva oʻzbek mentalitetining qimmatli jihatlaridan biri oila poydevorining juda chuqur boʻlishini va bu munosabatlarning mustahkam boʻlishiga koʻmaklashishini aytgan.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda oila jamiyatning poydevori boʻlib, qarindoshlar oʻrtasida alohida hissiy bogʻliqlik boʻlmasa ham, ular umumiy dasturxon atrofida toʻplanib, suhbatlashadi.
“Oʻzbekistonda bir-biringizni xushlaysizmi yoki yoʻq, bundan qatʼi nazar, bir dasturxon atrofida oʻtirib ovqatlaniladi va muloqotda boʻlinadi”, — deydi bloger.
Maryam, shuningdek, oilaviy qadriyatlar chuqur ildiz otgan AQSHning ayrim shtatlarida barqarorlik va farovonlik hukm surayotganini taʼkidladi. Biroq Kaliforniya kabi liberal shtatlarda oila instituti asta-sekin yoʻqolib bormoqda.
U oilaviy qadriyatlar haqida gap ketganda, barcha amerikaliklarni bir xil deb hisoblamasligini taʼkidladi. Tillayevaning fikricha, oila poydevorining mustahkamligi oʻzbek jamiyatining oʻziga xosligini belgilab beruvchi ijobiy omillardan biridir.