РУ
O’Z
UZS
/
/
Maryam Tillayeva u bilan tanishmoqchi boʻlgan yigitlarga qanday talab qoʻyishini aytdi
07.10.2024

Maryam Tillayeva u bilan tanishmoqchi boʻlgan yigitlarga qanday talab qoʻyishini aytdi

Maryam Tillayeva u bilan tanishmoqchi boʻlgan yigitlarga qanday talab qoʻyishini aytdi

Maryam Tillayeva u bilan tanishmoqchi bo‘lgan yigitlar qanday talablarga javob berishi kerakligi haqidagi savolga ham javob berdi.

Instabloger Maryam Tillayeva YouTubeʼdagi “Cashtalk” podkastiga bergan intervyusida oila qurish borasidagi rejalari hamda oʻziga boʻladigan gʻayrioddiy takliflar haqida gapirib berdi.

“Meni Saudiya Arabistoniga taklif qilishdi, lekin bormadim. Bundan tashqari yana bir qoʻrqinchli holat boʻldi. Bir inson menga juda katta guldastalar joʻnata boshladi. U deyarli har kuni menga aqlbovar qilmas darajadagi sovgʻalarni joʻnatardi. Keyin bilsam u urushdan pul topayotgan ekan.

U toʻxtamasdan hadyalar joʻnatganidan keyin uning kimligi bilan qiziqib koʻrdim. Kimligini bilganimdan keyin esa Yoʻq, rahmat, kerakmas, dedim. Bunday holatlar menda koʻp boʻlgan”, — deydi Maryam oʻziga keladigan gʻayrioddiy takliflar haqida.

Maryamning aytishicha, u oila qurib xotirjam yashashi uchun hisob raqamida 20 million dollar pul boʻlishi kerak.

“Men oʻzimni doim olgʻa yuradigan dengiz choʻchqachasiga oʻxshataman. Biron maqsadga erishganimda toʻxtab qolmayman, men jarayondan zavqlanaman. Bir kun kelib, tinchlanishni hamda dengiz boʻyidan oʻzimga uy sotib olib, oilam bilan xotirjam yashashni orzu qilaman.

Men hozir 30 yoshdan keyingi hayotim haqida gapiryapman. Unga besh yil qoldi. Oʻsha paytgacha men bank hisob raqamimda 20 million dollar boʻlishini istayman. Shundagina biroz tin olib, oilam bilan yashashim mumkin boʻladi”, — deydi Maryam.