РУ
O’Z
UZS
/
/
Maryam Tillayeva xalqning puli qayerda degan savolga javob berdi
03.10.2024

Maryam Tillayeva xalqning puli qayerda degan savolga javob berdi

Maryam Tillayeva xalqning puli qayerda degan savolga javob berdi

Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva xalq pullari qayerga ketgani toʻgʻrisidagi savolga yana bir bor javob berdi.

Bloger Maryam Tillayeva Instagramʼda eʼlon qilgan videosida butun oʻzbek xalqi unga “Xalqning puli qayerda?” deb ism qoʻyib olganini aytgan.

Ammo Tillayeva bu pullar haqida hech nima bilmasligi, faqat blogerlik faoliyati, shaxsiy doʻkoni va reklamalar ortidan daromad topishini maʼlum qilgan.

“Qoʻysangizchi, menda xalq pullari yoʻq. Shunchaki oʻz faoliyatim bilan shugʻullanaman”, — deb yozadi bloger doimiy murojaatlarga javob berar ekan.

Maʼlumot oʻrnida, Maryam Tillayeva Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayevaning toʻngʻich qizidir.

Maryam 1999-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 2021-yilda u rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan, ammo 2022-yilning iyul oyida juftlik ajrashgan.